Sport

“Liverpul” “Barselona” sardorini ijaraga oladi

"Liverpul" "Barselona" sardori Ronald Arauxoni ijaraga oladi

"Liverpul" futbol klubi "Barselona" himoyachisi va sardori Ronald Arauxoni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Deku ikki klub o‘rtasidagi og‘zaki kelishuvni tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ronald Arauxo 2020-yildan buyon "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda urugvaylik himoyachi barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Shu bilan birga, futbolchi mavsum davomida ruhiy muammolar tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmagan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Arauxoning hozirgi bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq "Liverpul" Fransiyaning "PSJ" jamoasiga vinger Bredli Barkolya transferi uchun qariyb 115 million yevro taklif qilgan edi. Bir necha kun davom etgan muzokaralardan so‘ng Angliya Premyer Ligasi klubi aniq taklif bilan chiqqan.

Biroq "Liverpul"ning ushbu taklifi rad etilishi kutilmoqda. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi Parij klubini tark etishga tayyor. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.