Sport

“Barselona” “Real” nishonidagi futbolchiga qiziqish bildirmoqda

"Barselona" "Real"ning nishonidagi futbolchiga qiziqish bildirmoqda

"Barselona" klubi "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Rodri bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar hozirda futbolchining atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Ispaniyaning Cadena Ser nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Frenki de Yong jarohat olganidan so'ng, "Barselona" Rodri variantiga e'tibor qaratgan. Klub hozirda ushbu transferni amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Agar futbolchining o'zi jamoaga o'tish istagini bildirsa va klubning moliyaviy holati transferni amalga oshirishga imkon bersa, "Barselona" rahbariyati rasmiy harakatlarni boshlash niyatida.

Shuni ta'kidlash kerakki, Madridning "Real" klubi ham uzoq vaqtdan beri Rodriga qiziqish bildirib keladi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "qaymoqranglilar" tajribali tayanch yarimhimoyachisi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor.

O'tgan mavsumda Rodri barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan edi. Uning ingliz klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.