Leapmotor avtomobil sotuvi boʻyicha yapon kompaniyalarini ortda qoldirdi
Ikkinchi chorakda eng koʻp Leapmotor T03 modeli sotilgan boʻlib, Yevropada uning narxi 15,9 ming yevrodan boshlanadi.

Leapmotor avtomobil sotuvi bo‘yicha yapon kompaniyalarini ortda qoldirdi
Xitoyning Leapmotor kompaniyasi ikkinchi chorakda jahon bozorida 240 ming dona avtomobil sotdi. Bu kompaniya uchun rekord natija bo‘lib, Leapmotor ilk bor sotuv hajmi bo‘yicha Yaponiyaning Subaru va Mitsubishi kompaniyalarini ortda qoldirdi.
Ikkinchi chorakda Subaru 230 ming, Mitsubishi esa 170 ming dona avtomobil sotgan.
Leapmotor kompaniyasining yillik sotuv hajmi 84 foizga oshgan.
Kompaniya Yevropada Stellantis konserni bilan hamkorlik qiladi. Ikkinchi chorakda eng ko‘p Leapmotor T03 modeli sotilgan bo‘lib, Yevropada uning narxi 15,9 ming yevrodan boshlanadi, Xitoyda esa 9,4 dollardan 12 ming dollargacha. Subaru va Mitsubishi avtomobillari narxi Xitoy bozorida 25 ming dollardan, Yevropada esa 30 ming yevrodan boshlanadi.
Leapmotor kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2018-yildan avtomobil ishlab chiqarishni boshlagan.
2023-yilda Stellantis konserni kompaniyaning 20 foiz aksiyasini sotib olgan.

