Kuz-qish davrida respublika aholisiga 325 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib beriladi

Respublika aholisiga kuz-qish davrida 325 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib beriladi
Oʻzbekistonda 2026 yil 1 noyabrdan boshlab alohida birja savdo maydonchasi orqali suyultirilgan gazni xarid qilish va yetkazib berishning yangi tizimi ish boshlaydi.
Bu haqda brifingda «Hududgaztaʼminot» AJ suyultirilgan gaz yetkazib berish departamenti boshligʻi Akmal Joʻrayev maʼlum qildi.
Uning maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida respublika aholisiga 398 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bugungi kunda ushbu yoqilgʻi turi bilan 3 million 730 mingdan ortiq xonadon, shuningdek, 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obʼyekti taʼminlanmoqda. Kirib kelayotgan 2026–2027 yillar kuz-qish davrida isteʼmolchilarga 325,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.
Idora, shuningdek, fuqarolar murojaatlari soni 40,6 foizga kamayganini maʼlum qildi. Avgust va sentyabr oylarida 3 974 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 98 foizi ijobiy hal etilgan.

