Mahalliy

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi qayta tashkil etiladi

“Hududgaztaʼminot” taʼsischiligida “LPG-Trade” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish taklif qilinmoqda. Ushbu tuzilma suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda odamlarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi qayta tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Suyultirilgan gaz tabiiy gaz tarmog‘i yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini energiya manbai bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli uni o‘z vaqtida, xavfsiz va barqaror yetkazib berish odamlarning kundalik hayoti, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hududlardagi maishiy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq.

Taqdimotda suyultirilgan gaz resurslari va taqsimoti balansi, amaldagi yetkazib berish tizimi, narx shakllanishi, subsidiyalar hamda ularning aholiga taʼsiri tahlil qilindi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, respublikada 3,8 millionga yaqin aholi hamda qariyb 2 mingta ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. Joriy yilda aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyoji uchun 604,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

Amaldagi tizimda bir qator muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi. Ayrim hududlarda suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga belgilangan muddatda yetib bormayapti. Natijada aholi qo‘shimcha ehtiyojini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan bozor narxlarida xarid qilishga majbur bo‘lmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, suyultirilgan gazni 46 kundan ortiq muddatda olayotgan isteʼmolchilarning ulushi 22 foizni tashkil etadi. Bunday vaziyatda ayrim oilalarning bir oylik xarajati amaldagi belgilangan narxdan bir necha barobar yuqori bo‘lmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, suyultirilgan gaz aholi va ijtimoiy soha obyektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqarish, import, xarid va yetkazib berish xarajatlari o‘rtasidagi tafovut yildan yilga ortib, byudjetdan ajratiladigan subsidiyalarga ehtiyoj ko‘paymoqda.

Davlat rahbari bu masalada eng avvalo aholi manfaati ustuvor bo‘lishi zarurligini taʼkidladi. Suyultirilgan gaz odamlarga o‘z vaqtida yetib borishi, taʼminotda uzilishlarga yo‘l qo‘yilmasligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlanishi lozimligi qayd etildi.

Shu maqsadda suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini qayta tashkil etish maqsadida “Hududgaztaʼminot” taʼsischiligida “LPG-Trade” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish taklif qilinmoqda. Ushbu tuzilma suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda odamlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.