Kriviy Rixda savdo markaziga hujum: 130 kishi yaralandi
Rossiya qoʻshinlari 21-avgust kuni Ukrainaning Kriviy Rix shahridagi eng yirik savdo markaziga dronlar bilan ikki marta zarba berdi. Ukraina rasmiylarining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, hujum oqibatida 15 kishi halok boʻlgan, 130 kishi, jumladan 23 nafar bola jarohatlangan.

Krivoy Rogdagi savdo markaziga hujum: 130 kishi jarohatlandi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va mahalliy hokimiyat vakillarining xabar berishicha, 21-avgust, juma kuni Krivoy Rogdagi yirik savdo markaziga yarim soat ichida ikki marta dron hujumi uyushtirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar natijasida 15 kishi halok bo‘lgan, yana 130 kishi jarohat olgan. Yaralanganlar orasida 23 nafar bola bor. Shuningdek, 29 nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir ekani, ularning besh nafari bolalar ekani ma’lum qilingan.
Krivoy Rog meri Aleksandr Vilkul mahalliy vaqt bilan soat 15:39 da savdo markaziga zarba berilgani haqida ilk bor xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan so‘ng binoda yong‘in boshlangan va ko‘plab odamlar jabrlangan. Voqea joyida favqulodda qutqaruv ishlari boshlangan.
Ko‘p o‘tmay, soat 15:57 da Vilkul savdo markazi binosiga takroriy hujum amalga oshirilganini ma’lum qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bildirishicha, zarba beruvchi dronlar ikki to‘lqinda hujum qilgan. Birinchi zarba va undan keyin kelib chiqqan yong‘indan taxminan yarim soat o‘tgach, ikkinchi zarba berilgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, takroriy hujum qutqaruv xizmatlari ish olib borayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja esa Krivoy Rogdagi hujumdan keyin viloyatda so‘nggi bir sutka davomida sodir bo‘lgan zarbalar oqibatlari haqida ma’lumot bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir sutka ichida viloyatning to‘rt tumaniga qariyb 60-marta dronlar, artilleriya va aviatsiya bombalari bilan hujum qilingan.
Zarbalar oqibatida ko‘p qavatli turar joy binosi, xususiy uylar va avtomobillar ham zarar ko‘rgan. Hujumlar yetkazgan zararning to‘liq ko‘lami va boshqa oqibatlariga oid ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

