Mahalliy

Kriptologiya instituti davlat organlari tizimlarini ekspertizadan oʻtkazish va IT-kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi

Institut mutaхassislar va ilmiy kadrlar tayyorlaydi, kiberхavfsizlik, sun’iy intellekt va aхborotni himoya qilish sohasida milliy yechimlarni ishlab chiqadi, shuningdek, davlat aхborot tizimlarini хavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshiradi.

Kriptologiya instituti davlat organlari tizimlarini ekspertizadan oʻtkazadi va IT-kadrlar tayyorlaydi.

Prezidentning 2026-yil 20-avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-300-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat normativ-huquqiy bazani, mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga, axborotni himoya qilish, axborot va kiberxavfsizlik sohasida raqobatbardosh milliy texnik vositalar, sunʼiy intellekt va innovatsion IT-mahsulotlarni yaratish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar instituti tashkil etildi.

Institutning asosiy vazifalari belgilandi. Institutga respublika ilmiy-tadqiqot, oʻquv-taʼlim, ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari, ilmiy va tahlil markazlarining yetakchi mutaxassislarini, shu jumladan, chet el fuqarolarini jalb etish, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan laboratoriyalarni taʼsis etishga ruxsat berildi.

Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish, shuningdek, foydalanish cheklangan axborotni kriptografik va texnik himoya qilish hamda axborotlashtirish texnik vositalarini sertifikatlash xizmatlari koʻrsatilishi tashkil etiladi.

Davlat ilmiy dasturlari doirasida tashkil etiladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun fundamental, amaliy va innovatsion loyiha talabnomalarini ekspertizadan oʻtkazish maqsadida soha olimlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.

Shuningdek, Institutning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma mablagʻlari milliy va chet el valyutalarida quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2026-yil 21-avgustdan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.