Kriştianu Ronaldu Toşkentda “Paxtakor”ga qarşi öynaydimi?
Portugaliyalik futbol yulduzi töp tepadigan Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi 2-noyabr kuni Elit OÇL doirasida Toşkentda “Paxtakor” mehmoni böladi. Öyin uçun çiptalar 100 mingdan 3 mln sömgaça sotilmoqda. Ronalduning jamoasi bilan keliş-kelmasligi haqida esa savollar köp. Kun.uz muxbiri şu savollarga javob izladi.

Kriştianu Ronaldu Toşkentda “Paxtakor”ga qarşi maydonga tushadimi?
Joriy yilning 2-noyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” klubi Elit Çempionlar ligasi 4-turi doirasida Saudiyaning “An-Nasr” jamoasini öz maydonida qabul qiladi.
Öyindan oldin turnir jadvaliga nazar tashlasak, “An-Nasr” ikki öyin ötkazib, 3 ochkoga ega. “Paxtakor” esa 3 ta öyinda 2 ta durang va 1 mağlubiyat bilan 2 ochko jamğargan. Ronaldu jamoadoşlari musobaqani “Al-Ayn”dan 4:0 hisobidagi yirik mağlubiyat bilan boshladi. 2-turda esa Farğonaning “Neftçi” klubini 3:1 hisobida yengdi. 26-oktabr kuni 3-turda “An-Nasr” öz uyida “Al-Vasl”ni qabul qilishi kerak edi, biroq mintaqadagi notinchlik sabab bu öyin nomaʼlum muddatga qoldirildi.
Omadsiz start “An-Nasr”ga Toşkentga ikkinchi tarkibini yuborish imkonini bermaydi. Maʼlum bölishicha, saudiyaliklar Toşkent klubi rasmiylariga murojaat qilib, xavfsizlikni töliq taʼminlay olish-olmasligi bilan qiziqqan. Biroq portugaliyalik yulduzning Toşkentga kelishi yoki kelmasligi uning öziga boğliq ekani ham aniqroq.
Qayd etish joiz, 2-turda “Neftçi” va “An-Nasr” örtasidagi bahs 1 soat kech boshlangandi. Bunga yaman husiychilarining ehtimoliy raketa hujumi haqidagi xabarlar sabab bölgandi. “An-Nasr” rahbariyati futbolçiga deyarli 40 daqiqa davomida muxlislar uni körish uchun kelgani va chipta sotib olganini tushuntirishga uringan. Biroq futbolçi ancha vaqt rozi bölmaydi, ammo 1 soatdan söng vaziyat yumshaganini körgach maydonga tushishga köngan.
Bundan körinib turibdiki, “An-Nasr” rahbariyati har bir uchrashuvda Ronalduning maydonga tushishidan manfaatdor, biroq sönggi söz futbolchining özida qolgan.
Vaziyatga Ronaldu tomondan qarasak, Kriş 41 yoshda. Uning “An-Nasr” bilan tuzgan şartnomasi 2027-yilning 30-iyunida yakuniga yetadi. U yaqinda Vogue jurnaliga bergan intervyusida bu uning futboldagi sönggi yili ekanini aytib, özidan ajoyib meros qoldirmoqchiligini bildirgandi.
Ronalduning 1000 ta golli marrani zabt etishiga oz qoldi. Portugaliyalik afsonaning hisobida hozir 982 ta gol bor bölib, marraga yetish uchun 18 ta gol yetmayapti, xolos. Şartnoma yakunlanishiga esa taxminan 8 oy vaqt qolgan. Futbolçi bu gollarni rasmiy öyinlarda urishga intilayotganini hisobga olsak, “An-Nasr”ning har bir öyini portugaliyalik uchun imkoniyat hisoblanadi.

