Korzinka çeklari Soliq ilovasida eng köp röyxatga olindi
2026 yil sentyabrida Soliq ilovasida Korzinka çeklari 6,7 mln marta röyxatga olindi. Kompaniyaga hisoblangan keşbek 8,86 mlrd sömni taşkil etdi.

Korzinka cheklari Soliq ilovasida eng ko‘p ro‘yxatga olindi
2026 yil sentyabr oyida Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari eng ko‘p «Anglesey Food» (Korzinka) kompaniyasining cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Bir oy ichida kompaniyaning 6,7 mln ta cheki ro‘yxatga olingan, keshbek summasi esa 8,86 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 3,15 mln ta chek va 1,42 mlrd so‘m keshbek bilan «Xalq Retail» (Olma) egalladi. Uchinchi o‘rindan «Havas Food» (Havas) joy oldi: kompaniyaning 2,31 mln ta cheki ro‘yxatga olingan va 1,11 mlrd so‘m keshbek hisoblangan.
Kuchli beshlikni “Madina-Qandolat” va «Darvoza Savdo» (Makro) yakunladi. “Madina-Qandolat” cheklari bo‘yicha 818 mingta chek ro‘yxatga olinib, 813,7 mln so‘m keshbek hisoblangan. «Darvoza Savdo» cheklari esa 403,6 mingtani tashkil etgan, keshbek summasi 241,3 mln so‘m bo‘lgan.
Reytingning oltinchi o‘rnidan o‘ninchi o‘rnigacha «International Foodchain» (KFC) — 369,1 mingta chek va 399,6 mln so‘m keshbek, shuningdek, «Cheese Day» («Sirnaya lavka») — 338,8 mingta chek va 320,4 mln so‘m keshbek bilan joylashdi.
«Cheese Day» reytingda bir pog‘ona yuqoriladi. 337,7 mingta chek va 746 mln so‘m keshbek ko‘rsatkichiga ega «Ung Petro» esa bir pog‘ona pastladi.
«Assorti Discount Market» (Assorti) ikki pog‘ona yuqorilab, 324,6 mingta chek va 163,5 mln so‘m keshbek bilan qayd etildi. «Best Quality Products» (Tegen) bir pog‘ona pastlab, 308,6 mingta chek va 243,5 mln so‘m keshbek bilan reytingdagi o‘rnini egalladi.
Ikkinchi o‘ntalikda «Mak Food Servis» (EVOS) yetakchilik qilmoqda: kompaniya 305,8 mingta chek va 238,8 mln so‘m keshbek ko‘rsatkichiga ega. O‘tgan oyga nisbatan u bir pog‘ona pastlagan. Keyingi o‘rinlardan 303,3 mingta chek va 278,7 mln so‘m keshbek bilan «Grand Pharm Trade» (Grandpharm), 237,1 mingta chek va 705,1 mln so‘m keshbek bilan «Namangan Istiqlol Bo‘gi», 206,6 mingta chek va 185,7 mln so‘m keshbek bilan “Oqtepa-Food-Service” (Oqtepa Lavash), shuningdek, 185,3 mingta chek va 169,3 mln so‘m keshbek bilan «Vaksina Healthcare» (Vaksina Med) joy olgan.
16-o‘rinni 185,1 mingta chek va 166,3 mln so‘m keshbek bilan “Big-Family-Pharm” (Big Pharmacy) egalladi. 17-o‘rindan esa 180,6 mingta chek va 192,6 mln so‘m keshbek ko‘rsatkichi bilan «Sfera Vostok» (Magnum) joy oldi.
«City Pharm» ilk bor reytingga kirib, 137,8 mingta chek va 157,1 mln so‘m keshbek bilan 18-o‘rinni egalladi. «7777 Pharm» bir pog‘ona pastlab, 120,3 mingta chek va 226,7 mln so‘m keshbek bilan 19-o‘rindan joy oldi. Kuchli yigirmatalikni esa bir pog‘ona pastlagan «LPP CA» (LPP) yakunladi: kompaniyaning 84 mingta cheki ro‘yxatga olingan va 193,6 mln so‘m keshbek hisoblangan.
Ma’lumotlar 2026 yil 29 oktyabr holatiga keltirilgan. Marketpleyslar orqali sotilgan tovarlar cheklari reytingda hisobga olinmagan.

