«Korzinka», «Olma», «Havas»: qaysi ko‘proq savdo qilmoqda?
2026-yil sentyabr oyida «Soliq» mobil ilovasida eng ko‘p xarid cheki «Korzinka» savdo tarmog‘i orqali ro‘yxatdan

«Korzinka», «Olma», «Havas»: qaysi biri ko‘proq savdo qilmoqda?
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil sentyabr oyida xarid cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar reytingida «ANGLESEY FOOD» MChJ XK («Korzinka») birinchi o‘rinni egallagan.
Kompaniya orqali 6 mln 686,3 mingta chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu cheklar bo‘yicha hisoblangan keshbek summasi 8 mlrd 860,1 mln so‘mni tashkil etgan.
«XALQ RETAIL» MChJ («Olma») 3 mln 146,7 mingta chek bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Ushbu cheklar bo‘yicha 1 mlrd 424,6 mln so‘m keshbek hisoblangan.
«HAVAS FOOD» MChJ QK («Havas») 2 mln 313,6 mingta chek bilan uchinchi o‘rinda. Korxona bo‘yicha keshbek summasi 7 mlrd 106,7 mln so‘mni tashkil etgan.
To‘rtinchi o‘rindagi «MADINA-KANDOLAT» MChJ orqali 818 mingta chek ro‘yxatdan o‘tkazilib, 813,7 mln so‘m keshbek hisoblangan.
Reytingda «DARVOZA SAVDO» MChJ 403,6 mingta chek va 241,3 mln so‘m keshbek bilan beshinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda:

