Uzum Bank Korzinka`dagi barcha xaridlar uchun 7% keshbek taqdim etdi
Uzum Bank va Korzinka noyabr oxirigacha Uzum kartasi bilan qilingan barcha xaridlar uchun 7% keshbek joriy qildi. Keshbek Korzinka do‘konlari hamda Korzinka va Korzinka Go ilovalari orqali amalga oshirilgan onlayn xaridlarga ham tatbiq etiladi.

Uzum Bank Korzinka’dagi barcha xaridlar uchun 7% keshbekni yo‘lga qo‘ydi
2026-yil 4-sentabrdan noyabr oyining oxirigacha Korzinka supermarketlar tarmog‘ida Uzum kartasi bilan xarid qilgan foydalanuvchilarga avtomatik tarzda 7% keshbek beriladi.
Keshbek tarmoq do‘konlarida plastik karta orqali to‘lov qilinganda ham, Korzinka va Korzinka Go ilovalari orqali onlayn buyurtma berilganda ham hisoblanadi — buning uchun akkauntga Uzum kartasi bog‘langan bo‘lishi kifoya.
“Uzum kartasi bilan to‘lash nafaqat qulay, balki foydali hamdir va endi millionlab o‘zbekistonliklarda bunga ishonch hosil qilish uchun yana bir sabab paydo bo‘ladi. Shunday qilib, Korzinka’da kundalik xarid qilish yanada yoqimliroq bo‘ladi va xaridlar qiymatining 7%i darhol kartaga qaytariladi. Uzum kartasini Uzum Bank ilovasida bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkin, uni esa Uzum Bank kartomatidan yoki eng yaqin Uzum Market buyurtma topshirish punktidan olish mumkin. Kartani chiqarish, unga xizmat ko‘rsatish, yetkazib berish va hisobini to‘ldirish bepul”, — deydi Uzum Bank CMO Sergey Buzilov.
“Biz doimo mehmonlarimiz uchun xaridlarni yanada foydali va qulay qilishga intilamiz. Uzum Bank bilan birgalikda 7% keshbek ko‘rinishidagi qo‘shimcha imtiyozni taklif etishimiz va kundalik xaridlarni yanada yoqimliroq qilishimizdan mamnunmiz”, — dedi Korzinka supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.
Korzinka supermarketlar tarmog‘i butun mamlakat bo‘ylab 290 dan ortiq do‘konga ega bo‘lib, har kuni 500 mingga yaqin xaridorga xizmat ko‘rsatadi.

