Dunyo

Kongo Demokratik Respublikasida qayiq agʻdarilib, 41 kishi halok boʻldi

Kongo Demokratik Respublikasida qayiq agʻdarilib, 41 kishi halok boʻldi

Kongo Demokratik Respublikasi qirgʻoqlari yaqinidagi Tanganika koʻlida qayiqning agʻdarilib ketishi oqibatida kamida 41 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Tanganika provinsiyasi transport vaziri Norris Mulongoyining soʻzlariga koʻra, qayiq Tanzaniyadan KDR tomon suzib kelayotgan edi. Uning bortida qariyb 100 kishi hamda yuklar boʻlgan.

Rasmiylar 49 nafar yoʻlovchini qutqarishga muvaffaq boʻlganini bildirdi. Qolganlarni izlash ishlari davom etmoqda.

Qayiqning nima sababdan agʻdarilgani hozircha aniqlanmagan. AP maʼlumotiga koʻra, soʻnggi yillarda KDRda qayiq bilan bogʻliq fojialarda yuzlab odamlar halok boʻlgan. Bunday kemalarga koʻpincha meʼyoridan ortiq yuk ortiladi va ularda yetarli miqdorda qutqaruv jiletlari boʻlmaydi.

KDRda qayiq aksariyat aholi uchun eng arzon va hamyonbop transport vositalaridan biri sanaladi. Mamlakat dunyodagi eng kambagʻal davlatlardan biri boʻlib, u yerda 100 milliondan ortiq aholi uchun zarur transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.