Layfstayl

Kiyimlar yoqasidagi tonal krem dog‘larini qanday qilib oson tozalash mumkin?

Kiyim yoqasidagi tonal krem dog‘larini qanday qilib osonlik bilan tozalash mumkin?

Kosmetikadan foydalanish natijasida kiyimlarga dog‘ tushishi muqarrar. Hatto ehtiyotkorlik bilan bo‘yanilsa ham, ko‘ylak yoki boshqa kiyimlarning yoqasi vaqt o‘tishi bilan ifloslanishi mumkin. Dog‘ tushgan kiyimda o‘zingizni noqulay his qilsangiz-da, tonal krem dog‘larini tez va oson ketkazishning ko‘plab usullari mavjud.

Kiyimlarga makiyaj dog‘lari tushishining oldini olish yo‘llari:

Agar tonal krem yoki pudradan foydalanmasangiz, uyda bo‘yanish paytida xalat kiyishingiz yoki kurtka yoqasi yuzingizga tegmasligi uchun sharf yoki ro‘mol ishlatishingiz mumkin. Agar bu variantlar sizga mos kelmasa, muammoni bir necha daqiqada hal qiladigan bir nechta foydali layfhaklarni bilishingiz kerak.

Dog‘ni sezganingizdan so‘ng darhol uni tozalashga harakat qiling. Matoni ortiqcha ishqalamang, chunki matoga singib ketgan dog‘ni tozalash ancha qiyin bo‘ladi.

Kurtka yoqasi va yorqin rangli bluzkalardagi tonal krem dog‘ini qanday qilib oson tozalash mumkin?

Har xil kosmetik mahsulotlarning dog‘larini tozalashda eng yaxshi mahsulot yog‘li asosga ega bo‘lmagan vositalardir. Bu mahsulotni qo‘llashda ehtiyot bo‘ling va qo‘llaringiz toza bo‘lsin.

Mitselyar suv:

Paxtali yostiqchani mitselyar suv bilan namlab oling va dog‘ tushgan joylarni yaxshilab arting. Dog‘ni yo‘qotishdan oldin paxtali yostiqchani bir necha marta almashtirish kerak bo‘lishi mumkin. Namlik qurib ketguncha kuting va toza bo‘lgan ko‘ylagingizni kiying. Ushbu layfhakni qo‘llaganingizdan so‘ng ko‘ylagingizda hech qanday dog‘ qolmaydi va u yangidek ko‘rinadi.

Shuningdek, mitselyar suv oq poyafzaldagi sariq qoplamani olib tashlashga yordam beradi va lab bo‘yog‘i dog‘larini tozalaydi.

Makiyajni tozalash uchun ishlatiladigan salfetkalar:

Agar ofisda yoki yo‘lda bo‘yanish paytida tasodifan ko‘ylak yoki boshqa kiyimingizga dog‘ tushirib qo‘ysangiz, oddiy salfetkani oling va dog‘ni tozalashni boshlang. Dog‘ni matoga surtmaslik uchun chetidan uning markaziga qadar ehtiyotkorlik bilan artib oling. Salfetkalar ifloslanganda ularni almashtiring.

Soqol olish uchun ishlatiladigan ko‘pik:

Suyuq tonal krem yoki har qanday kosmetik mahsulot dog‘larini ko‘pik bilan artib olsangiz, darhol tozalanadi. Dunyoga mashhur model Kim Kardashyan ham bu usuldan foydalanadi.

Dog‘ga ozgina ko‘pik surting. Tish cho‘tkasini oling va dumaloq harakatlar bilan ishqalang, ko‘pikni surtganingizdan so‘ng 5-10 daqiqa kuting va bu joyni sovuq suv bilan yuving. Agar dog‘ ketmagan bo‘lsa, bu ishni yana takrorlang.

Idish yuvishda foydalaniladigan suyuqlik:

Yuqoridagi variantlardan birortasi sizda yo‘qmi? Hechqisi yo‘q, dog‘ga ozgina idish yuvish vositasini surting. Uni ozgina ishqalang, so‘ngra bo‘yalgan joyni suvga solib yuving. Idishlarni yuvish uchun ishlatiladigan suyuqlik tonal kremni oson ketkazadi, chunki u yog‘larni parchalaydi.

Kir yuvish sovuni:

Bundan tashqari, makiyaj dog‘larini tozalash uchun nam paxtali yostiqchaga sovunli eritmani qo‘llashingiz yoki ifloslangan joyni sovunning chetiga surtishingiz mumkin. Dog‘ tarqalmasligi uchun buni ehtiyotkorlik bilan bajarishga harakat qiling.

Agar pudra yoki tenni to‘kib yuborsangiz va bularning barchasi matoga tushgan bo‘lsa, ularni ishqalamang. Kiyimni tozalash uchun yopishqoq rolikdan foydalanishingiz va ortiqcha pudrani sochni quritadigan fen bilan ketkizishingiz mumkin, asosiysi havo oqimini dog‘ ustiga emas, yon tomoniga yo‘naltirish kerak.

Nashatir spirti va iste’mol sodasi:

Nashatir spirtini paxta yostiqchasining ustiga surting, dog‘ni artib oling va 10 daqiqaga qoldiring. Shundan so‘ng dog‘ga ozgina iste’mol sodasini seping va bu joyni toza mato bilan arting. Iste’mol sodasini quriting, so‘ngra qo‘lingiz yoki cho‘tka bilan qoqib oling. Shu tarzda, palto yoki kurtkalarning yoqasidagi dog‘larni oson tozalashingiz mumkin.

Uydagi kimyoviy moddalar:

Hech kim dog‘larni tozalash uchun mo‘ljallangan maxsus mahsulotlardan foydalanib bo‘lmaydi, deya olmaydi. Bu mahsulotlar orasida dog‘ni yuvmasdan ketkazishga yordam beradiganlari ham bor.

Dog‘ni tozalash vositasi har qanday turdagi kiyimdagi dog‘larni tozalashga yordam beradi. Formula biofermentlar tizimiga asoslangan. Rolik yangi va eski dog‘larni tozalash uchun ishlatilishi mumkin, biroq keyin kiyimni yuvish shart emas. Uning qoldiqlarini olib tashlash uchun dog‘ni nam mato bilan tozalash kifoya.

Asosiysi, dog‘ni issiq suv bilan namlash, ishqalash va kutishdir. Rolik oq va yorqin rangli kiyimlar uchun ideal vosita, u kiyim rangiga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun rangli liboslarni haddan tashqari ishqalamaslik kerak.

Ushbu dog‘ni ketkazish vositasidan foydalanish usuli birinchisi bilan bir xil, uni qo‘llaganingizdan so‘ng kiyimlarni yuvishingiz shart emas. Bundan tashqari, kiyimingizni yechmasdan turib darhol dog‘ni tozalashingiz mumkin. Uni sumkada yoki ish joyingizdagi shkafda saqlashingiz mumkin. Dog‘ni tozalash vositasi nafaqat tonal kremni, balki qahva, souslar, rezavor mevalarning dog‘larini ham samarali tozalashga yordam beradi, ushbu vosita kiyimda hech qanday dog‘ qoldirmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.