Yog‘li yuz terisini parvarish qilishning 8 muhim qoidasi

Yog‘li yuz terisini parvarish qilishning 8 muhim qoidasi
Yog‘li teriga alohida ehtiyotkorlik va parvarish talab etiladi, ammo ushbu oddiy qoidalarga rioya qilsangiz, uzoq vaqt davomida go‘zal va yosh ko‘rinishni saqlab qolishingiz mumkin.
Terining yog‘li turi ko‘p parvarishni talab qiladi va ba’zan tashvish tug‘diradi. Ammo umidsizlikka tushishdan oldin, hayotingizni osonlashtiradigan, teringizni yanada chiroyli va sog‘lom qiladigan ushbu yog‘li terini parvarish qilish bo‘yicha maslahatlarni sinab ko‘ring.
**Balansni saqlang, lekin quritmang**
Bir qarashda, mahsulot terini qanchalik yaxshi quritsa, u bizga shunchalik mos keladigandek tuyuladi, ammo bu tanlovdagi eng katta xatodir. Tabiiy yog‘lardan mahrum bo‘lgan teri "qasos" bilan yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi – parvarish so‘nggida avvalgidek yog‘li teriga duch kelamiz. Shuning uchun yog‘li teriga mo‘ljallangan mahsulotlarni tanlashda tabiiy yog‘lar va namlovchi moddalarning yuqori miqdoriga ustunlik berishingiz kerak.
**Tozalash vositasini to‘g‘ri tanlang**
Agar bunday mahsulotni to‘g‘ri tanlagan bo‘lsangiz, terini kuniga bir necha marta tozalash mumkin. Bu o‘zingiz uchun qila oladigan eng yaxshi narsa. Yumshoq, ammo chuqur tozalash uchun alkogolsiz va tarkibida tuproq va faol ko‘mir bo‘lganlarini tanlang.
**Piling qilishda ehtiyot bo‘ling**
Piling – bu teshiklarni ochishning ajoyib usuli, ammo teringiz yog‘li bo‘lsa, skrablar siz uchun emas. Eksfoliantlar kapillyarlarga zarar yetkazishi va bakteriyalarning kengaygan teshiklarga tarqalishiga imkon beradi. Kimyoviy piling turlariga ustunlik bergan ma’qul: salitsil, sut yoki glikol kislotalarni o‘z ichiga olganlar kabi.
**Tonikni o‘tkazib yubormang**
To‘g‘ri tanlangan tonik pH va sebum darajasini muvozanatlashi, kosmetik qoldiqlarni va kirlarni ketkazadi, terini namlaydi. Asosiysi, alkogolni o‘z ichiga olmaydigan mahsulotni tanlash.
**Albatta, namlovchi kremdan foydalaning**
Yog‘li terini parvarishlashdagi eng katta xatolik – bu namlovchi kremni ishlatmaslikdir. Ushbu turdagi teri deyarli har qanday teriga qaraganda quruqlikka moyil bo‘ladi. Shu bois namlovchi vositani to‘g‘ri tanlash va uni muntazam ravishda ishlatish muhimdir. Mukammal variant terini og‘irlashtirmaydigan va ayni paytda uni namlik bilan oziqlantiradigan kremdir.
**...va yog‘**
Ha, bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo yog‘li teriga surtiladigan yog‘ bora-bora sebum ishlab chiqarishni normallashtirishi va natijada yuzning yarqirashini kamaytirishi mumkin. Jojoba, uzum, na’matak urug‘i, argan yog‘i va oblepixa kabi to‘yingan, ammo yengil yog‘larga ustunlik berish zarur.
**Yuz niqoblarini to‘g‘ri tanlang**
Yog‘ ishlab chiqarishni nazorat qilishga yordam beradigan ingrediyentlar ko‘mir, tuproq, salitsil va sut kislotalari va choy daraxtidan olinadigan yog‘dir. Ularni o‘z ichiga olgan niqoblarni tanlang va bunday niqoblarni muntazam terini parvarish qilish tartibiga qo‘shing.
**Makiyaj uchun praymerdan foydalaning**
Makiyaj uchun praymer – bu kundalik krem ustidan qo‘llaniladigan va bo‘yanish uchun asos yaratadigan poydevordir. Yog‘li teriga ega bo‘lgan ayollar uchun suyuq praymer tanlagan afzaldir, chunki uning tarkibida deyarli hech qanday yog‘ bo‘lmaydi.

