Kiyim-kechak va poyabzal deyarli qimmatlashmadi: Oʻzbekistonda inflyatsiyani eng koʻp nima tezlashtirdi
2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda kiyim-kechak va poyabzal narxlari asosiy tovar guruhlari va xizmatlar orasida eng kam oʻsdi. Ushbu kategoriyadagi isteʼmol narxlari indeksi (INI) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,9% ni tashkil etdi. Boshqacha aytganda, qimmatlashish minimal darajada boʻldi. Qarama-qarshi qutbda esa sugʻurta va moliyaviy xizmatlar joy oldi: ular boʻyicha narxlar indeksi 143,9% ga yetdi. Umuman olganda […]

Kiyim-kechak va poyabzal deyarli qimmatlashmadi: Oʻzbekistonda inflyatsiyani eng koʻp nima tezlashtirdi
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonda kiyim-kechak va poyabzal narxlari asosiy tovar guruhlari va xizmatlar orasida eng kam oʻsdi. Ushbu kategoriyadagi isteʼmol narxlari indeksi (INI) oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 101,9% ni tashkil etdi. Boshqacha aytganda, narxlarning oʻsishi minimal darajada boʻldi.
Roʻyxatning boshqa tomonida sugʻurta va moliyaviy xizmatlar joy oldi: ular boʻyicha narxlar indeksi 143,9% ga yetdi.
Umuman olganda, 2026 yilning toʻqqiz oyi davomida Oʻzbekiston isteʼmol sektoridagi inflyatsiya 4,2% ni tashkil etdi, deb xabar beradi Milliy statistika qoʻmitasi.
Ushbu davr mobaynida oziq-ovqat tovarlari oʻrtacha 2,9% ga qimmatlashdi. Ularning umumiy inflyatsiya darajasiga qoʻshgan hissasi 1,19 foiz punktni tashkil etdi. Nooziq-ovqat tovarlari narxlari 4,6% ga oshib, INI oʻsishini 1,50 f.p. ga taʼminladi. Xizmatlar oʻrtacha 5,6% ga qimmatlashib, umumiy koʻrsatkichga yana 1,48 f.p. qoʻshdi.
Inflyatsiyaga eng katta taʼsirni ikki kategoriyadagi narxlar oʻsishi koʻrsatdi: «Uy-joy xizmatlari, suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa yoqilgʻi turlari» hamda «Oziq-ovqat mahsulotlari va spirtsiz ichimliklar». Ularning hissasiga jami 2,25 foiz punkt yoki INI umumiy oʻsishining 54% i toʻgʻri keldi.
Isteʼmol savatining qolgan boʻlimlari hissasi 1,92 f.p. ni tashkil etdi.

