Dunyo

Kiyevga raketa zarbasida 21 yoshli qiz halok boʻldi, metro ham shikastlandi

18-oktabr kechqurun Rossiyaning Kiyevga raketa zarbasi oqibatida 21 yoshli qiz halok boʻldi, yana uch kishi yaralandi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning maʼlum qilishicha, shaharda binolar va metro stansiyalaridan biri shikastlangan.

Kiyevga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 21 yoshli qiz halok bo‘ldi, metro ham zarar ko‘rdi. DW xabariga ko‘ra, Klichko hujum oqibatlari haqida Telegram kanalida ma’lumot bergan.

Desnyanskiy tumanida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiyot markazi binosiga zarba tekkan. Dneprovskiy tumanida noturar joy binosi, Solomenskiy tumanida esa 25 qavatli turar joyning birinchi qavati shikastlangan.

Dnepr daryosining chap sohilidagi metro stansiyalaridan biri ham shikastlangan. Merning aytishicha, parchalar tushishi oqibatida u yerda relslar uzilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari 18-oktabr kechqurun Kiyev ballistik raketa bilan hujumga uchraganini ma’lum qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.