Kiyev kunduzgi zarbalardan keyin tunda yana hujumga uchradi
Rossiya qoʻshinlari 29-sentabrga oʻtar kechasi Kiyevga ballistik raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan yana hujum qildi. Shahar rasmiylariga koʻra, raketa parchalari turar joy hovlisiga tushgan, bir necha binoda yongʻin chiqqan. Tungi hujum oqibatida halok boʻlganlar yoki jabrlanganlar haqida hozircha maʼlumot berilmagan.

Kiyev kunduzgi zarbalardan so‘ng tunda yana hujumga uchradi
DW xabariga ko‘ra, Kiyev meri Vitaliy Klichko Solomenskiy tumanida raketa parchalari uy hovlisiga tushganini ma’lum qilgan. Uning dastlabki xabarida bu joyda yong‘in bo‘lmagani aytilgan.
Klichko Pecherskiy tumanidagi uch qavatli noturar binoda ham yong‘in chiqqanini bildirgan. Keyinroq u Solomenskiy tumanida zarbadan so‘ng ta’lim muassasasi korpuslaridan birida yong‘in yuz berganini ma’lum qilgan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati esa uchuvchisiz uchish apparati yo‘lning qatnov qismiga qulaganini xabar qilgan. Shuningdek, Goloseyevskiy tumanida parchalar besh qavatli uy tomiga tushishi oqibatida yong‘in chiqqan.
28-sentabrdagi hujumlarda ikki kishi halok bo‘lgan
Tungi zarbalar Kiyev markaziga kunduzi uyushtirilgan hujumlarning davomi bo‘ldi. Klichkoning ma’lum qilishicha, 28-sentabr kuni boshidan shaharga berilgan zarbalar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 26 kishi jarohatlangan.
Jabrlanganlarning sakkiz nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir deb baholangan.
Halok bo‘lgan ikki kishi ham Ukraina Milliy fanlar akademiyasi binosiga dron zarbasi qurboni bo‘lgan. Hujum oqibatida kuchli yong‘in chiqib, odamlar binoda qamalib qolgan. Ko‘pchilik derazalar orqali tashqariga chiqishga majbur bo‘lgan.
Rossiyaning yana bir zarbasi «Dobrobut» tibbiyot markazi binosiga to‘g‘ri kelgan.

