Layfstayl

KinoTest: Devid Fincherning filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi?

“Jang klubi”, “Benjamin Battonning sirli hikoyasi” va “Yetti” singari kinolar rejissyori Devid Fincher 28-avgustda 64 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta kinorejissyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: Devid Fincher filmlarini bir qarashda ajrata olasizmi?

Devid Fincher 1962-yil 28-avgustda AQShning Denver shahrida tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini Jon Korti studiyasida boshlagan, so‘ngra animatsion filmlar yaratishda ishtirok etgan. Rejissyor sifatidagi debyutini "Begona" ("Alien") franshizasining uchinchi qismi bilan amalga oshirgan. 1995-yilda suratga olgan "Yetti" ("Seven") filmi tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan va o‘sha yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlaridan biri bo‘lgan.

Madonna, Maykl Jekson, Jastin Timberleyk va Jey-Zi kabi san'atkorlarning musiqiy videolarini suratga olgan ijodkor 1997-yilda "O‘yin" ("The Game") filmini taqdim etgan. Ikki yildan so‘ng esa Chak Palanik romaniga asoslangan "Jang klubi" ("Fight Club") psixologik trillerining premyerasi bo‘lib o‘tgan.

2008-yildan 2011-yilgacha "Benjamin Battonning sirli hikoyasi" ("The Curious Case of Benjamin Button"), "Ijtimoiy tarmoq" ("The Social Network") va "Ajdarho tatuirovkali qiz" ("The Girl with the Dragon Tattoo") filmlarini yaratgan. Shuningdek, u "Zodiak", "Mank", "Qo‘rquv xonasi" ("Panic Room") va "Yo‘qolgan ayol" ("Gone Girl") kabi filmlardan tashqari, "Sevgi, o‘lim va robotlar" ("Love, Death and Robots"), "Aql ovchisi" ("Mindhunter"), "Qartadan qurilgan uy" ("House of Cards") singari seriallarni ham rejissyorlik qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.