Mahalliy

Kichik biznesni tekshirishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilindi

Prezident farmoniga koʻra, baʼzi istisnolar bilan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy eʼlon qilinishi belgilandi.

Kichik biznes subyektlarining faoliyatini tekshirishga uch yillik moratoriy joriy etildi.

27-avgust kuni qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi prezident farmoniga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy eʼlon qilindi.

Ushbu moratoriy quyidagi tekshiruvlarga taalluqli emas:

* Jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlar;

* Inson sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish bilan bogʻliq tekshiruvlar;

* Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlar;

* Fuqarolar murojaatlari asosidagi tekshiruvlar;

* QQS qoplash (qaytarish) bilan bogʻliq tekshiruvlar;

* Tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tekshiruvlar.

Moratoriy davrida kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi. Ushbu qoidani buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan "Samarali nazorat" tadbiri oʻtkaziladi. Bu tadbir doirasida:

* Nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda toʻliq oʻrganib chiqiladi.

* Oʻrganish yakunlari boʻyicha nazorat organlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlar boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻriladi.

* Tekshiruv oʻtkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari koʻriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.