Kiberxavfsizlikka masʼul davlat xodimlariga yangi talab qöyildi
Özbekistonda davlat idoralari va davlat uluşi kamida 50 foiz bölgan taşkilotlarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislari har ikki yilda kamida bir marta malaka oşirişi belgilandi. 2026-yil 1-noyabrdan ularni Cyber university davlat universitetida öqitiş va qayta tayyorlaş tizimi joriy etildi.

Kiberxavfsizlikka masʼul davlat xodimlari uchun yangi talab belgilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-oktabrdagi 594-son qarorida ko‘zda tutilgan bo‘lib, hujjat bilan mutaxassislarni o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha O‘zbekistonda tan olinadigan xorijiy sertifikatga ega mutaxassislar, sertifikatining amal qilish muddati davomida malaka oshirishga jalb etilmaydi. Bunday sertifikatlar ro‘yxati va ularning amal qilish muddatini Raqamli texnologiyalar vazirligi tasdiqlaydi.
Nizomga ko‘ra, o‘quv kurslarining davomiyligi quyidagicha belgilangan: malaka oshirish kurslari — 144 soat; qayta tayyorlash kurslari — kamida 576 soat.
Kurslar ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda, jumladan, masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin. Buyurtmachi tashkilot so‘roviga ko‘ra, malaka oshirish mashg‘ulotlarini xodimlarning ish joyida o‘tkazishga ham ruxsat beriladi.
O‘qish to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar xodimni yuborgan tashkilot yoki yuqori turuvchi organning byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Malaka oshirish kursini tugatib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat, qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga esa diplom beriladi.
Malaka oshirish bo‘yicha yakuniy imtihondan birinchi marta o‘tolmagan tinglovchiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Ikkinchi urinishda ham o‘tolmaganlarga sertifikat o‘rniga kursda qatnashganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Bunday xodimning vazifasi o‘zgarmagan taqdirda, tashkilot olti oy ichida uni qayta o‘qitishni yoki kiberxavfsizlik vazifalari yuklangan tegishli xodimni kursga yuborishni ta’minlashi kerak.
Yakuniy imtihon natijasidan norozi bo‘lgan tinglovchilar natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida apellyatsiya berishi mumkin.

