Layfstayl

Katarakta: keng tarqalgan ko‘z kasalligining 7 belgisi

Katarakta: Keng Tarqalgan Ko‘z Kasalligining 7 Alomati

Katarakta – bu ko‘z gavharining xiralashishi bo‘lib, 40 yoshdan oshgan insonlarda ko‘rlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Kasallik boshlanganda ko‘z linzasida kichik xira dog‘lar paydo bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyati butunlay yo‘qolishi mumkin. Kataraktaning eng murakkab jihati shundaki, u dastlabki bosqichlarda hech qanday alomat bermaydi. Ko‘pincha bemorlar kasallik jiddiy tus olib, ko‘rishga xalaqit bera boshlagandagina shifokorga murojaat qilishadi. Ko‘z salomatligini va sifatli ko‘rishni saqlab qolish uchun kataraktaning dastlabki belgilaridan xabardor bo‘lish muhimdir.

**1. Jismlarning loyqa ko‘rinishi**

Katarakta rivojlanishining ikkita asosiy belgisi – ko‘rishning pasayishi va ko‘rilayotgan jismlarning xiralashuvi. Agar atrofingizdagi dunyo tobora ko‘proq tasavvurga asoslangan rasmlarga o‘xshab qolsa, shifokorga murojaat qilish vaqti kelgan. Rivojlanayotgan katarakta tufayli ko‘zdagi yorug‘likni aks ettirishga yordam beradigan obyekt tobora bulutli, xiralashgan va loyqalangandek ko‘rinadi.

**2. Ranglarni ajratishda qiyinchilik**

Kasallik rivojlanishining yana bir alomati shundaki, bemor ranglarni farqlashda tobora qiyinchiliklarga duch keladi. Oq rang biroz sarg‘ish, qaymoqrang esa kulrang kabi ko‘rinishi mumkin. Eng achinarlisi, bu jarayon asta-sekin sodir bo‘ladi, shuning uchun ranglarni idrok etishdagi o‘zgarishlarni o‘z-o‘zidan sezish juda qiyin. Agar ranglarni ajrata olmaslik yaqqol namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, darhol oftalmolog bilan bog‘lanish zarur.

**3. Nurga nisbatan sezgirlikning oshishi**

Rivojlanayotgan kataraktaning keng tarqalgan va tez-tez uchraydigan alomati – nurga sezgirlikning oshishi. Bu kasallik davrida yorqin lampalar haqiqiy dushmanga aylanadi va odatdagi yorug‘lik darajasi ham juda yorqin va hatto og‘riqli bo‘lishi mumkin. Agar yorug‘lik tufayli inson o‘zini noqulay his qila boshlasa, zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

**4. Avtomobilni tunda boshqarishda qiyinchilik paydo bo‘lishi**

Haydovchilar kataraktaning dastlabki bosqichlaridayoq uni sezish imkoniga ega. Buning uchun kechasi mashina boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga e’tibor qaratish kifoya. Bosh og‘rig‘i, mashina faralari tufayli ko‘zda paydo bo‘ladigan og‘riq, tunda yo‘l belgilarini ko‘rishdagi qiyinchiliklar – bularning barchasi tezroq shifokorga murojaat qilish uchun sababdir.

**5. Mayda yozuvlarni o‘qiy olmaslik**

Inson yoshi o‘tgan sayin, ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etadi. Uzoqni ko‘ra olmaslik keng tarqalgan muammolardan biri bo‘lib, 50 yoshdan oshgan odamlarning aksariyati bunga duch keladi. Ammo kitob va jurnallardagi kichik shriftli yozuvlarni o‘qishda ham qiyinchilik paydo bo‘lsa, bu kataraktaning rivojlanishi sababi bo‘lishi mumkin. Ko‘z linzasi suv va oqsildan iborat bo‘lib, katarakta oqsilni joyidan siljishiga olib keladi va shu tufayli kichik o‘lchamdagi yozuv va belgilarni ko‘rish qiyinlashadi.

**6. Ikki tomonlama ko‘rish**

Rivojlanayotgan kataraktaning yana bir belgisi – ikki tomonlama ko‘rish. Ko‘z linzalarida qanchalik ko‘p xiralashuv va bulut paydo bo‘lsa, u orqali o‘tadigan yorug‘lik shunchalik buziladi. Natijada ko‘rinayotgan tasvir bir necha marotaba o‘zgargandek tuyuladi. Shuning uchun ikki tomonlama ko‘rish holati kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

**7. Ko‘rishning keskin yaxshilanishi**

Uzoqni yaxshi ko‘rolmaydigan bemorlarda ko‘rish qobiliyatining keskin yaxshilanishi kataraktaning yana bir alomatidir. Afsuski, bu yaxshilanish juda tez o‘tib ketadi, ammo kasallik rivojlanishda davom etadi. Shuning uchun ko‘z bilan bog‘liq muammo sezilgan zahoti shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shuningdek, yilda bir marotaba bo‘lsa ham ko‘rikdan o‘tish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.