Dunyo

Kastratsiyadan qatlgacha: dunyo mamlakatlarida voyaga yetmaganlarni zoʻrlaganlar qanday jazolanadi?

Uchqoʻrgʻonda 5 yoshli qizaloqning jinsiy tajovuzga uchrashi voqeasiga munosabat bildirgan faollar bunday qilmish uchun jazoni kuchaytirish kerakligini aytishmoqda. Oʻzbekistonda oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Kun.uz dunyoning boshqa mamlakatlarida bunday jinoyat uchun qanday jazolar koʻzda tutilganini oʻrgandi.

Kastratsiyadan qatlgacha: dunyo mamlakatlarida voyaga yetmaganlarni zoʻrlaganlar qanday jazolanadi?

**Oʻlim jazosi**

Ochiq manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, Hindistonda 12 yoshga toʻlmagan bolani zoʻrlash, shuningdek, voyaga yetmaganga nisbatan guruh boʻlib jinsiy tajovuz qilish ayrim holatlarda oʻlim jazosiga sabab boʻladi.

Xitoyda 14 yoshga toʻlmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuz; ayrim ogʻirlashtiruvchi holatlarda, masalan, jabrlanuvchi ogʻir jarohat olsa, vafot etsa yoki jinoyat juda ogʻir shaklda sodir etilsa, oʻlim jazosi berilishi mumkin.

Pokistonda bolani zoʻrlashning ogʻir shakllari, masalan, guruh boʻlib zoʻrlash uchun oʻlim yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Tojikistonda oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilish muayyan lavozimlarni egallash va/yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan umrbod mahrum qilish bilan birga 12 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Bangladeshda oʻlim yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan boʻlsa, BAA, Qatar, Sudan, Tunis, Eron, Saudiya Arabistoni, Kuvaytda ham zoʻrlash uchun oʻlim jazosi qoʻllanishi mumkin.

**Qamoq**

Qozogʻistonda 14 yoshga toʻlmagan bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi belgilangan.

Germaniyada bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun 6 oydan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyat uchun eng ogʻir jazo - umrbod ozodlikdan mahrum qilish. Ammo bunday jazo voyaga yetmagan shaxsni zoʻrlash uning oʻlimiga olib kelgan holatlar uchun belgilanadi.

Rossiyada voyaga yetmagan shaxslarni zoʻrlash 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.