Mahalliy

Karomiddin Gadoyev O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Bruneyga tayinlangan elchisi Karomiddin Gadoyev mamlakat sultoniga ishonch yorliqlarini topshirdi. U bir vaqtning o‘zida Malayziyadagi elchi ham hisoblanadi.

Karomiddin Gadoyev O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Bruneydagi, qarorgohi Kuala Lumpur shahrida joylashgan elchisi Karomiddin Gadoyev ushbu davlat sultoni Hassanal Bolkiahga ishonch yorlig‘ini topshirdi, deya xabar bermoqda.

Tantanali marosimdan keyingi muloqot davomida O‘zbekiston va Bruney o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy, madaniy, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Bruney Janubi-Sharqiy Osiyoda, Kalimantan orolining shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan davlat bo‘lib, aholisi taxminan 430−440 ming kishini tashkil etadi. Mamlakat iqtisodiyoti va daromadlarining asosiy qismi neft hamda tabiiy gaz eksportiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Karomiddin Gadoyev 2023-yil noyabrdan buyon O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi hisoblanadi.

Bungacha u TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.