Kappadokiyada qoya quladi. Ikki kişi halok bölgan
Kuçli yoğingarçilik oqibatida qoyadan toş parçalari ajralib, odamlar turgan hududga tuşgan.

Kappadokiyada qoya quladi. Ikki kishi halok bo‘ldi
29-oktabr kuni Turkiyaning Kappadokiya hududida ochiq osmon ostidagi Gyoreme muzeyining kirish qismidagi qoya qulab tushdi.
CNN Turk telekanali mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berishicha, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida qoyadan tosh bo‘laklari ajralib, odamlar turgan hududga tushgan.
Xarobalar ostidan ikki kishining jasadi topilgan. Bir kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Yomg‘ir va kuchli shamol tufayli 29-30 oktabr kunlari Kappadokiyada havo sharlarida uchish bekor qilingandi.
Tarixiy Kappadokiya viloyatidagi Gyoreme milliy parki ochiq osmon ostidagi tarixiy-arxeologik muzey hisoblanadi. Bu joy sayyohlar uchun havo sharlarida ekskursiyalar uyushtirilishi bilan mashhur. Kappadokiyada ko‘plab g‘or manzilgohlari, jumladan, yer osti shaharlari va qoyalarni o‘yib yasalgan monastirlar saqlanib qolgan.

