Iqtisodiyot

“Kapitalbank”ning “Teng imkoniyatlar” loyihasi EMBRAS 2026 xalqaro mukofotida e’tirof etildi

'Kapitalbank'ning nogironligi bo‘lgan insonlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 'Teng imkoniyatlar' loyihasi Employer Brand Award & Summit (EMBRAS 2026) xalqaro mukofotining 'Ezgu ishlar' nominatsiyasida kumush mukofotiga sazovor bo‘ldi.

“Kapitalbank”ning “Teng imkoniyatlar” loyihasi EMBRAS 2026 xalqaro mukofotida e’tirof etildi

Bu yil EMBRAS xalqaro mukofoti O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Isroildan 34 ta kompaniyani birlashtirdi. Unda to‘qqizta nominatsiya bo‘yicha 73 ta loyiha taqdim etildi. Tashabbuslar 25 mamlakatdan 29 nafar ekspertni o‘z ichiga olgan mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Mukofotlar xodimlarni boshqarish, korporativ madaniyat va ijtimoiy mas’uliyatning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan nominatsiyalar bo‘yicha topshirildi.

Xalqaro hakamlar hay’ati “Kapitalbank”ning inklyuziv muhit yaratishga qaratilgan tizimli yondashuvini yuqori baholadi. “Teng imkoniyatlar” loyihasi doirasida bankning 2000 nafardan ortiq xodimi maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdi. Olingan bilim va ko‘nikmalar nogironligi bo‘lgan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga, bank mahsulotlari hamda xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay va oson qilishga xizmat qiladi.

“Ushbu mukofotning xalqaro maydonda qo‘lga kiritilishi “Kapitalbank”ning ijtimoiy tashabbuslari jamiyat uchun haqiqiy foyda keltirayotganining muhim tasdig‘idir. Moliyaviy inklyuziyani rivojlantirish va har bir inson uchun teng imkoniyatlar yaratish korporativ madaniyatimizning shunchaki muhim qismi emas, balki O‘zbekistonning inklyuziv kelajagiga qo‘shayotgan ongli hissamiz hamdir”, — dedi “Kapitalbank” ATB kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi Oksana Lindina.

Kapitalbank EMBRAS xalqaro mukofotida ikkinchi bor taqdirlanmoqda. 2025-yilda bank “Innovatsiyalar” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallagan. O‘shanda bank xodimlarni o‘qitish va kasbiy rivojlantirishga mo‘ljallangan Kapital People mobil ilovasini, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘quv kurslarini yaratish tizimini taqdim etgan edi.

EMBRAS 2026 mukofoti mintaqaning yetakchi kompaniyalari insonlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan ijtimoiy loyihalarga alohida e’tibor qaratayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Kapitalbankning ushbu yutug‘i bankning nafaqat moliya sektorida, balki barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyat sohalarida ham o‘z o‘rniga ega ekanini ta’kidlaydi.

EMBRAS (Employer Brand Award & Summit) — xodimlarni boshqarish, biznesning ijtimoiy mas’uliyati va korporativ madaniyatni rivojlantirish sohalaridagi ilg‘or tajribalarni e’tirof etuvchi HR brending yo‘nalishidagi xalqaro mukofot.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.