“Kapitalbank” ATB biznes uchun 10 mlrd so‘mdan boshlab muddatli to‘lov asosida xarid qilish dasturini ishga tushirdi
'Kapitalbank' ATB yuridik shaxslarga asbob-uskunalar, xomashyo va tovarlar xaridini 5 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan moliyalashtirishning yangi vositasini taqdim etdi. Mablag‘lar ham so‘mda, ham xorijiy valyutada ajratilishi mumkin.

“Kapitalbank” ATB biznes uchun 10 mlrd so‘mdan boshlanadigan muddatli to‘lov asosidagi xarid dasturini yo‘lga qo‘ydi
Bank taqdim etayotgan shartlarning ochiqligi va oldindan aniq rejalashtirilganligi dasturning asosiy ustunligi sifatida qayd etilmoqda. Bankning ixtisoslashgan hamkorlari mijoz topshirig‘iga binoan unga kerakli tovarlarni xarid qilib, yetkazib beradi va buning evaziga qat’iy belgilangan ustama haq oladi.
Mazkur shartlar foizlar, jarimalar hamda yashirin komissiyalarni nazarda tutmaydi. Yetkazib berilgan mahsulotlar uchun hisob-kitob 60 oygacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan individual jadval asosida, teng miqdordagi to‘lovlar shaklida amalga oshiriladi. Loyihani yanada qulay boshlash uchun 6 oygacha imtiyozli davr ham ko‘zda tutilgan.
“Dastur bitimlarning oldindan aniq bo‘lishini qadrlaydigan va o‘z aylanma mablag‘larini jalb qilmasdan xaridlarni tezkorlik bilan amalga oshirishga intiladigan biznes uchun yaratilgan. Avval ochilgan liniya doirasidagi yangi yetkazib berishlar korxonaga hujjatlarni qayta yig‘masdan va qo‘shimcha kelishuvlarsiz zarur mablag‘larni tezkorlik bilan olish imkonini beradi”, — deya ta’kidlaydi “Kapitalbank” ATB Korporativ kreditlash departamenti direktori Petr Soy.
Moliyalashtirish shartnomalarini “Kapitalbank” ATBning Toshkent shahridagi filiallarida tuzish mumkin. Maslahat olish va ariza topshirish uchun tadbirkorlar istalgan filialning korporativ kreditlash bo‘limiga murojaat qilishlari yoki shaxsiy menejer bilan bog‘lanishlari mumkin. Shuningdek, savollarni (+998) 78−148−11−22 telefon raqami yoki korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 1278 qisqa raqami orqali ham berish mumkin.

