“Kapital qayerda yaxshi munosabat boʻlsa, oʻsha yerga boradi” - Franklin Templeton prezidenti
Shavkat Mirziyoyev bilan muloqotdan soʻng media bilan gaplashgan Jenni Jonsonga koʻra, yaqin kelajakda Oʻzbekiston yana IPO chiqaradi va bulad alohida kompaniyalarga tegishli boʻladi. London fond birjasiga joylangan IPO kutilganidan 4 baravar ortiq qiziqish uygʻotdi. Prezidentingiz uzoqni koʻra biladigan yetakchi, deydi Franklin Templeton rahbari.

“Kapital qayerda yaxshi munosabat boʻlsa, oʻsha yerga boradi” - Franklin Templeton prezidenti
19-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda AQSH-Oʻzbekiston biznes va investitsiya kengashi yigʻilishiga kelgan ishbilarmonlar hamda yirik kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi. Jumladan, Franklin Templeton prezidenti va bosh ijrochi direktori bilan uchrashuvda yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi.
London va Toshkent birjalarida Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyalarining joylashtirilishi mamlakat tarixidagi ilk xalqaro IPO ekani qayd etildi. Natijada qariyb 700 million dollar mablagʻ jalb qilindi, talab esa taklifdan toʻrt baravardan ham oshdi.
“Prezident - uzoqni koʻra oladigan yetakchi. Mirziyoyev mendan boshidayoq faqat rostini aytishimni, nimanidir yaxshilash, tuzatish kerak boʻlsa, bildirishimni soʻragan. Bugungi uchrashuv ham shunday samarali kechdi. Bilasizmi, kapital oʻziga yaxshi munosabatda boʻlingan joygagina boradi. Qayerda oʻsayotgan iqtisodiyot boʻlsa, u yerda yaxshi moliyaviy daromadlar uchun imkoniyat bor. Va shuning uchun, bilasizmi, biz bu IPOni London fond birjasiga joylashtirganimizda, u kutilganidan 4 baravar ortiqcha qiziqish uygʻotdi. Global investorlar sarmoya kiritishni xohlashdi. U IPOdan buyon 40% daromad keltirdi”, - deydi Jenni Jonson.

