Iqtisodiyot

JSTga aʼzolik keçikdi. Özbekiston jarayonni 2027-yilda yakunlamoqçi

Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzoligi böyiça ikki tomonlama muzokaralar deyarli yakunlangan, içki qonunçilik va kelajakdagi majburiyatlarni kelişiş böyiça işlar esa davom etmoqda. Bu haqda JSTdagi işçi guruh raisi Sung-Ye Çoi iştirokida Toşkentda ötgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi. Iqtisodiyotda davlat iştiroki va qişloq xöjaligi subsidiyalari eng murakkab masalalar qatorida qolmoqda.

JSTga aʼzolik kechikdi. Oʻzbekiston jarayonni 2027-yilda yakunlamoqchi

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish bo‘yicha muzokaralarni 2026-yilda yakunlab, 2027-yilda aʼzolikka yoʻl ochishni maqsad qilgan. Bu haqda Toshkentda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bo‘yicha ishchi guruh raisi, Janubiy Koreyaning JSTdagi elchisi Sung-Ye Choi maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston oʻz oldiga muzokaralarni shu yili yakunlash va 2027-yilda aʼzo bo‘lish uchun yoʻl ochish maqsadini qoʻygan”, - dedi u.

Avvalroq aʼzolik jarayonini 2026-yil martdagi JST vazirlar konferensiyasida yakunlash ko‘zlangandi. Biroq bu muddatga ulgurilmadi. Anjumanda Kun.uz jarayonning kechikish sabablari, ochiq qolayotgan masalalar va yil oxirigacha belgilangan maqsad aynan nimani anglatishi yuzasidan savol berdi.

Martdagi rejaga nega ulgurilmadi?

Prezident Administratsiyasi bosh inspektori Iskandarbek Genjayevning tushuntirishicha, aʼzolar tomonidan qoʻshimcha savollar va majburiyatlar ko‘tarilishi, ularni Oʻzbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda kelishish qoʻshimcha vaqt talab qilmoqda.

Bundan tashqari, 2026-yil boshida Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama muzokaralarga kirishishga yana ayrim davlatlar qiziqish bildirgan.

“Bunda Oʻzbekiston tomonidan qabul qilinadigan aʼzolikdagi majburiyatlar muhokama qilinmoqda va ushbu majburiyatlarni kelishish jarayoni o‘zi ham vaqt talab qilmoqda”, - dedi Genjayev.

Uning soʻzlariga koʻra, hozir asosiy eʼtibor ko‘p tomonlama muzokaralarga qaratilgan. Ochiq masalalar kelishilgach, aʼzolik paketi JST Bosh kengashida ko‘rib chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston ichki tartib-taomillarni, jumladan ratifikatsiyani bajarishi lozim.

Shu tariqa, muzokaralarni yil oxirigacha tugatish maqsadi o‘sha vaqtning o‘zida to‘liq aʼzolik kuchga kirishini anglatmaydi. Anjumanda aʼzolikning aniq sanasi eʼlon qilinmadi.

“Ikki tomonlama muzokaralar deyarli 99 foizga yakunlangan”

Sung-Ye Choi tariflar va xizmatlar bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakuniga yaqinlashganini bildirdi.

“Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan tariflar va xizmatlar bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar deyarli 99 foizga yakunlangan. Faqat yakuniy tafsilotlar hal qilinishi kerak”, - dedi ishchi guruh raisi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.