Mahalliy

Jizzaxda ikkita Damas’da 28 nafardan bola tashilayotgani aniqlandi

Jizzaxda ikkita Damas’da 28 nafardan bola tashilayotgani aniqlandi

Jizzaxda ikki Damas haydovchisi har bir avtomobilda 28 nafardan, jami 56 nafar bog‘cha bolasini tashiyotgani holati aniqlandi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan e’lon qilingan videoda birinchi Damas’dan 28 nafar bola tushayotgani, shuningdek, ikkinchi avtomobilda ham 28 nafar bola tashilayotgani ko‘rsatilgan.

Bunday ko‘p sonli bolalarni bitta avtomobilda tashish ularning xavfsizligiga javob bermasligi qayd etildi. Haydovchilar, ta’lim muassasasi mas’ullari va ota-onalardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik so‘raldi.

Mas’ullarga nisbatan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Iyul oyi oxirida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilarini transportda tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.

U Damas avtomobilida me’yoridan ortiq yo‘lovchi, jumladan 17 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan. Holat 21-iyul kuni Qiziltepa tumanidagi Vang‘ozi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.