Jizzaxda besh nafar fuqaroning nomiga kredit rasmiylashtirilib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborildi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida besh nafar fuqaro nomiga 219 mln soʻmlik imtiyozli kreditlar rasmiylashtirilib, soʻngra mablagʻlar shaxsiy ehtiyojlarga sarflab yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi. Idora maʼlumotlariga koʻra, ushbu sxemaga «Xonimqoʻrgʻon» mahallasi hokim yordamchisi S.X., tijorat bankining Gʻallaorol bank xizmatlari markazi xodimlari va boshqa shaxslar aloqador boʻlgan. Ular foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritib […]

Jizzaxda besh nafar fuqaroning nomiga kredit rasmiylashtirilib, pullar oʻz ehtiyojlariga sarflandi
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida besh nafar fuqaroning nomiga 219 mln soʻmlik imtiyozli kreditlar rasmiylashtirilib, ushbu mablagʻlar shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflab yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi.
Idora maʼlumotlariga koʻra, ushbu sxemaga «Xonimqoʻrgʻon» mahallasi hokim yordamchisi S.X., tijorat bankining Gʻallaorol bank xizmatlari markazi xodimlari va boshqa shaxslar aloqador boʻlgan. Ular besh nafar fuqaroning elektron imzolaridan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritib, ularning nomiga imtiyozli kreditlar rasmiylashtirishgan.
Olingan pullar oʻz ehtiyojlari uchun ishlatilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq soxta hujjatlardan foydalangan holda kredit rasmiylashtirishning boshqa bir holati haqida xabar berilgan edi. Besh kishi oʻzlarini Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari deb tanishtirib, bankdan 428,8 mln soʻm olishgan. Kreditni rasmiylashtirish uchun ular soxta mehnat shartnomalari va daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalardan foydalanishgan.

