Jizzaxda AESning ikkita yirik energobloki qurilişi 2027-yilda boşlanişi mumkin
Jizzax viloyatida 2027-yilda har birining quvvati 1000 MVt bölgan ikkita yirik atom energobloki qurilişini boşlaş rejalaştirilmoqda. Stansiya yaqinida esa dastlabki bosqiçda 33 ming aholiga möljallangan «yadro şaharçasi» barpo etilişi közda tutilgan.

Jizzaxda AESning ikkita yirik energobloki qurilishi 2027-yilda boshlanishi mumkin
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi World Nuclear News portaliga tayanib xabar berdi
«Rosatom» maʼlumotlariga ko‘ra, VVER-1000 reaktorlariga ega ikkita yirik energoblok kichik modulli reaktorlar yonida joylashtiriladi. Hozir maydonda muhandislik-qidiruv ishlari olib borilmoqda va loyiha takomillashtirilmoqda.
Kiçik reaktorlar qurilishi davom etmoqda
Xabarda qayd etilishicha, bo‘lajak AES maydonida ikkita kichik modulli reaktor qurilishi amalga oshirilmoqda. 2026-yil may oyida poydevorning birinchi beton plitasi quyilgan. U bilan bog‘liq ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tayyorlash uzoq vaqt talab etadigan uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Kichik energobloklardan biri uchun reaktor korpusi allaqachon tayyor bo‘lgan. Birinchi kichik blokning ekspluatatsiya xodimlarini ishga qabul qilishni 2027-yil oxirida boshlash mo‘ljallangan.
«Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyovning taʼkidlashicha, mazkur loyiha hozir eksport modeli bo‘yicha amalga oshirilayotgan dunyodagi yagona kichik atom elektr stansiyasi hisoblanadi.
Qurilishga mahalliy kompaniyalar jalb qilinadi
Ayni paytda qurilish maydonida ming nafardan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Yaqin oylarda xodimlar sonini kamida ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan. Umumiy qurilish ishlarining katta qismini O‘zbekiston kompaniyalariga topshirish ko‘zda tutilmoqda.
Stansiya yaqinida barpo etilishi rejalashtirilgan «yadro shaharchasi»ning birinchi bosqichi 33 ming aholiga mo‘ljallanadi. Unda energiya tejamkor uy-joylar, taʼlim, tibbiyot va sport obyektlari qurilishi nazarda tutilgan.
Portal maʼlumotiga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyevning «Rosatom» rahbari bilan uchrashuvida atom energetikasi uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda uy-joy qurilishi sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan.

