Jizzax viloyati ilk bor mustaqil xalqaro kredit reytingiga ega böldi
Dunyoning nufuzli reyting agentliklaridan biri - Fitch Ratings Jizzax viloyatiga “BB−” xalqaro kredit reytingini berdi. Prognoz - “Barqaror”.

Jizzax viloyati ilk marta mustaqil xalqaro kredit reytingiga ega bo‘ldi.
Fitch tahlilchilariga ko‘ra, Jizzax iqtisodiyoti respublikadagi o‘rtacha sur’atdan tezroq o‘smoqda. Viloyatning moliyaviy profiliga esa “aa” baho berilgan.
Xo‘sh, bu reyting nima beradi?
Gap shundaki, xorijiy investor biror hududga pul tikmoqchi bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli, qarzlarini qaytarish imkoniyati va xatarlariga ham qaraydi. Fitch kabi xalqaro agentlikning bahosi shuning uchun kerak.
Endi Jizzax viloyatining ham investorlar oldiga qo‘yadigan mustaqil xalqaro bahosi bor.
Albatta, reytingning o‘zi zavod qurib, odamlarni ishli qilib qo‘ymaydi. Lekin investitsiya jalb qilishda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

