Jirafalar kamida yetti mamlakatda yöqolib ketgan: fotograflar ularga kitob bağişladi
Remembering Wildlife («Yovvoyi tabiatni yodda saqlab») fotokitoblar turkumining yangi jildi jirafalarga bağişlandi. Unda dunyoning yetakçi yovvoyi tabiat fotograflari olgan suratlar jamlangan. Loyiha bu hayvonlarga tahdid solayotgan muammolarga eʼtibor qaratiş va ularni muhofaza qiliş uçun mablağ yiğişni maqsad qilgan.

Jirafalar kamida yetti mamlakatda yo‘qolib ketgan: fotograflar ularga kitob bag‘ishladi
Yangi kitobga Jonatan va Anjela Skott, Marsel van Osten, Frans Lanting, Greg dyu Tua va boshqa taniqli fotograflarning ishlari kiritilgan. Suratlarda sayyoradagi eng baland sutemizuvchilarning tabiatdagi hayoti aks etgan.
Jirafalarni butun dunyoda oson tanishadi. Biroq ular duch kelayotgan xavflar haqida hamma ham yetarlicha ma’lumotga ega emas. Nashrda keltirilishicha, so‘nggi 300-yilda jirafalar tabiiy yashash muhitining qariyb 90 foizini yo‘qotgan, Afrikaning kamida yetti mamlakatida esa butunlay yo‘qolib ketgan.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ma’lumotlariga tayanib qayd etilishicha, 1985-yildan buyon jirafalar soni keskin kamaygan. Ayrim hududlarda qisqarish 40 foizga yetgan.
Ba’zi qo‘riqlanadigan hududlarda jirafalar safariing odatiy qismiga aylangan. Sayyohlar ularni Afrika manzarasining ajralmas timsoli sifatida qabul qiladi. Ammo boshqa joylarda bir-biridan uzilib qolgan kichik populyatsiyalar zaif holatda yashamoqda.
Qishloq xo‘jaligi maydonlarining kengayishi, yo‘llar va to‘siqlar qurilishi, aholi punktlarining o‘sishi jirafalarning tabiiy harakat yo‘llarini bo‘lib tashlamoqda. Natijada ular alohida hududlardagi kichik guruhlarga ajralib qolyapti.
Ayrim mintaqalarda jirafalar hali ham go‘shti uchun ovlanadi. Boshqa hududlarda esa qurolli mojarolar va siyosiy beqarorlik tabiatni muhofaza qilish ishlarini qiyinlashtirmoqda.

