Jinsiy mojaro va firibgarlik tufayli obroʻsizlangan AQSh televoizi Jim Bakker 86 yoshida vafot etdi
AQShlik televaiz Jim Bakker firibgarlik va til biriktirish uchun qamoqqa olinishidan oldin oʻsha paytdagi rafiqasi Temmi Fey bilan birga «The PTL Club»ga asos solgan edi.

Jinsiy mojaro va firibgarlik tufayli obroʻsizlangan AQSh televoizchisi Jim Bakker 86 yoshida vafot etdi
Firibgarlik va til biriktirish uchun qamoqqa olinishidan oldin koʻp million dollarlik media imperiyasini yaratgan AQSh televoizchisi Jim Bakker 86 yoshida vafot etdi.
Bakker va uning oʻsha paytdagi rafiqasi Temmi Fey 1974 yilda «The PTL Club» deb nomlangan xristianlik telekoʻrsatuvini yoʻlga qoʻyishgan va u eng gullagan davrida kuniga 13 million tomoshabinni jalb qilgan.
Uning vafoti haqida dushanba kuni ikkinchi rafiqasi Lori Bakker maʼlum qildi va uni «xristianlik televideniyesining kashshofi» deb atadi.
1980-yillarning oxiriga kelib, Bakker va Temmi Feyning imperiyasi u jinsiy mojaroga aralashib qolgani, keyinchalik esa pochta va elektron firibgarlikda aybdor deb topilganidan keyin parchalanishni boshladi. 1992 yilda u bilan ajrashgan Temmi Feyga hech qachon ayblov qoʻyilmagan.
Bakker 1998 yilda qayta turmush qurdi va ikkinchi rafiqasi Lori bilan 2003 yilda yangi tele-diniy xizmatni boshladi.
U oʻlim sababini oshkor qilmadi.
Bakkerning birinchi dasturi — «The PTL Club» («Parvardigorga hamdu sanolar boʻlsin» yoki «Sevadigan odamlar») uni birinchi rafiqasi Temmi Fey bilan birga mashhur qilgan edi.
Bu juftlik 2000 nafar xodim va Janubiy Karolina shtatining Fort-Mill shahridagi 2300 akr (930 gektar) maydonni egallagan «Heritage USA» koʻngilochar bogʻ majmuasi bilan oʻz imperiyasini barpo etgan.
Bakkerlar oʻzlarining hashamatli hayot tarzi, jumladan, shaxsiy samolyot, bir nechta uylar, qimmatbaho mashinalar, zargarlik buyumlari va hatto konditsionerli itxonasi bilan tanilgan edi.
1987 yilda Bakker cherkovning sobiq kotibasi Jessika Xan bilan 1980 yildagi jinsiy aloqasi fosh boʻlganidan keyin PTL xizmatidan isteʼfoga chiqdi.
Keyinchalik Xan cherkov mablagʻlari hisobidan 265 000 dollar miqdorida tovon puli olgani maʼlum boʻldi, bu esa Bakkerning ruhoniylik maqomi va diniy majburiyatlarni bajarish huquqidan mahrum etilishiga olib keldi.
Xan shuningdek, Bakkerni jinsiy zoʻravonlikda aybladi, garchi voiz buni inkor etib, aloqa oʻzaro rozilik bilan boʻlganini aytgan edi.
Keyinchalik, 1989 yilda Bakker oʻzlarining xristianlik koʻngilochar bogʻi bilan bogʻliq firibgarlik sxemasida pochta va elektron firibgarlik hamda til biriktirish boʻyicha 24 ta bandda aybdor deb topildi va toʻrt yildan ortiq qamoq jazosini oʻtadi.
Temmi Fey sud jarayonida eri bilan birga qoldi, ammo u qamoqda boʻlgan vaqtida, 1992 yilda ajrashishga ariza berdi. U 2007 yilda saraton kasalligidan vafot etdi.
Bakker 1994 yilda qamoqdan chiqqanidan keyin «Men xato qilgan edim» nomli kitob yozdi va 1998 yilda Loriga uylandi.
Er-xotin 2003 yilda birgalikda tele-diniy xizmatni yoʻlga qoʻyishdi va 2008 yilda «The Jim Bakker Show» koʻrsatuvini yozib olishni boshlashdi.

