Javohir Sindarov rapid boʻyicha jahon reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarildi

Javohir Sindarov rapid boʻyicha jahon reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarildi
Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Live Rapid jahon reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarildi. Uning koʻrsatkichi 2742,6 ochkoga yetdi.
Sindarov reyting ochkolarini 10,6 ga koʻpaytirib, birdaniga toʻrtta pogʻonaga yuqoriladi. U Yan Nepomnyashiy, Xikaru Nakamura va Alirizo Firuzjani ortda qoldirdi. Oʻzbekiston vakilidan faqat Magnus Karlsen yuqoriroqda joylashgan.
Oʻzbekistonlik yana bir shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov esa, aksincha, bir pogʻona yoʻqotib, hozirda 13-oʻrinda bormoqda. Uning reytingi 2704,4 ochkoni tashkil etadi. Shu tariqa, ayni paytda top-15 talikda bir yoʻla ikki nafar oʻzbekistonlik grossmeyster bor.
Live Rapid reytingi real vaqt rejimida yangilanib boradi, shu bois shaxmatchilarning oʻrinlari har bir partiyadan keyin oʻzgarishi mumkin.
, ki Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi ilk bor FIDE jahon reytingida oltinchi oʻringa koʻtarildi.

