Dunyo

Janubiy Koreyada Interpol liniyasi boʻyicha qidiruvda boʻlgan 19 nafar Oʻzbekiston fuqarosi yashirinib yuribdi

Xorijda jinoyat sodir etib, Interpol orqali qidiruvda boʻlgan 100 dan ortiq chet el fuqarosi Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi. Milliy politsiya agentligi maʼlumotlariga koʻra, ulardan 19 nafari Oʻzbekiston fuqarolaridir. Jinoyatlarning aksariyati firibgarlik bilan bogʻliq.

Janubiy Koreyada Interpol liniyasi boʻyicha Oʻzbekistonning 19 nafar fuqarosi qidiruvda

12 avgust holatiga koʻra, Janubiy Koreyada xorijda sodir etgan jinoyatlari uchun qidirilayotgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinib yurgan. Ulardan 19 nafari — Oʻzbekiston fuqarolaridir. Bu haqda Milliy politsiya agentligi maʼlumotlariga tayanib Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Interpol liniyasi boʻyicha qidirilayotganlar orasida eng katta ulush Xitoy fuqarolariga toʻgʻri keladi — 40 kishi yoki 36%. Keyingi oʻrinlarni Oʻzbekiston (19) va Moʻgʻuliston (17) fuqarolari egallagan.

Chet elliklar koʻpincha firibgarlik uchun qidirilgan — 47 ta holat. Yana 29 ta holat boshqa jinoyatlar, jumladan, odam oʻgʻirlash, noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi bilan bogʻliq. Qolgan holatlar giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlar (7), oʻgʻrilik (5), yoʻl harakati qoidalarini buzish (5), hujum qilish (5) bilan bogʻliqdir.

Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida Janubiy Koreya Milliy politsiya agentligi joriy yilda xorijlik jinoyatchilarni qidirish bilan shugʻullanuvchi xodimlar sonini 22 nafardan 64 nafarga koʻpaytirdi. Natijada qaytarilgan qidiruvdagi chet elliklar soni deyarli ikki baravarga oshdi — 2025 yildagi 13 kishidan 2026 yilning yanvar-avgust oylarida 24 kishigacha, deb yozadi agentlik.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.