Jamoat xavfsizligi universitetiga kursantlar qabuli koʻpaymoqda
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Jamoat xavfsizligi universitetiga yillik qabul kvotalari kunduzgi taʼlim shakliga 600 nafargacha va masofaviy taʼlim shakliga 300 nafargacha kursant etib oshiriladi. Joylarning uchdan toʻrt qismi IIV tizimi uchun kadrlar tayyorlashga moʻljallanadi.

Jamoat xavfsizligi universitetiga kursantlar qabuli koʻpaytirilmoqda
Prezidentning 26.08.2026 yildagi «Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-302-son qarori qabul qilindi.
Asosiy maqsadlar:
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetda ichki ishlar organlari faoliyatining «huquqbuzarliklar profilaktikasi», «yoʻl harakati xavfsizligi», «jamoat tartibini saqlash», shuningdek, «qoʻriqlash faoliyati» yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik qabul kvotalari kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 600 nafar kursantgacha va masofaviy taʼlim shakli boʻyicha 300 nafar kursantgacha oshiriladi. Bunda ularning uchdan toʻrt qismi IIV tizimi uchun jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlashga ajratiladi.
Kursantlarning amaliy mashgʻulotlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalarida oʻtkaziladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlari tegishli sohaviy xizmatlarda «stajyor-inspektor» lavozimida amaliyot oʻtaydilar.
Oʻquv mashgʻulotlariga jamoat xavfsizligini taʼminlash, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash sohalarida amaliy tajriba va kasbiy mahoratga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Universitet kvotalarining uchdan toʻrt qismini shakllantiradi, jamoat xavfsizligi kafedralarining professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirishda ishtirok etadi, oʻquv jarayonini tashkil etishda bevosita qatnashadi.
Universitet bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tayyorgarlik quyidagicha olib boriladi:
Hujjat bilan Universitetda ilmiy-pedagogik jarayonni 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.
Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish
Oʻquv dasturlariga quyidagi fanlar kiritiladi:
Bunda kursantlar va tinglovchilarga maxsus dasturiy taʼminot, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va dronlarni boshqarish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni oʻrgatish joriy etiladi.
Shuningdek, kursantlar va tinglovchilarda xavf indeksini baholash, tegishli choralarni belgilash va qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini shakllantiruvchi «Jamoat xavfsizligini taʼminlash simulyatori» virtual oʻquv-amaliy majmuasi joriy etiladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi «E-reyting» platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda:
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 04.09.2026 yildan kuchga kirdi.

