«Jahon savdosi tarixida Samarqanddek muhim oʻrin tutgan joylar kam» – Marko Rubio
U AQSH butun dunyo boʻylab sheriklik aloqalarini kengaytirayotgani, bu jarayonda Oʻzbekiston muhim oʻrin tutishini bildirgan.

«Jahon savdosi tarixida Samarqanddek muhim oʻrin tutgan joylar kam» – Marko Rubio
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirgan videosida Samarqandning global savdo chorrahasi sifatidagi tarixiy ahamiyati qayta tiklanayotganini taʼkidladi.
U Vashington butun dunyo boʻylab sheriklik aloqalarini kengaytirayotganini, bu jarayonda Oʻzbekiston muhim oʻrin tutishini aytib, Amerikaning yuzlab kompaniyalari bu yerga aniq kelishuvlar va uzoq muddatli hamkorlik uchun kelganini qayd etdi:
«Yer yuzida Samarqand kabi tarixan global savdoda muhim rol oʻynagan joylar kamdan kam uchraydi. Bugun bu yerda boʻlib, nafaqat tarixni yodga olish, balki kelajak uchun imkoniyatlar haqida fikr yuritish men uchun sharafdir».
Marko Rubioning soʻzlariga koʻra, AQSH savdo, ilm-fan va texnologiya yoʻnalishlarida katta imkoniyatlarni koʻrmoqda.
Few places on Earth have historically played such an important role in global trade and commerce as Samarkand.
Avvalroq u tashrif yakunlari boʻyicha milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilayotganini aytgan edi. Shuningdek, u AQSH Oʻzbekiston va mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini taʼkidlagan.

