Jahon banki Oʻzbekistonda oʻrta sinf ulushi 72 foizgacha oʻsganini maʼlum qildi

Jahon banki Oʻzbekistonda oʻrta sinf ulushi 72 foizgacha oshganini maʼlum qildi
Oʻzbekistonda 2021 yildan 2025 yilgacha boʻlgan davrda oʻrta sinfga mansub aholi ulushi 37 foizdan 72 foizdan koʻproqqa oshdi.
Bunda Toshkent shahrida yuqori oʻrta sinf toifasiga kiruvchi aholi ulushi 71,5 foizga yetdi.
Jahon banki tahliliga koʻra, ushbu yillar davomida respublikada yuqori oʻrta sinf ulushi 8 foizdan 31 foizgacha, quyi oʻrta sinf ulushi esa 29 foizdan 41 foizgacha oshgan. Bunda poytaxtdagi koʻrsatkichlar oʻsishi mamlakatning boshqa hududlariga qaraganda sezilarli darajada yuqori boʻldi.
Ekspertlar xususiy sektorda ish haqining oshishini oʻrta sinf kengayishining asosiy omillaridan biri sifatida qayd etmoqdalar. Bundan tashqari, Toshkent shahrida mamlakat xususiy sektoridagi yuqori malaka talab etadigan barcha rasmiy yollanma ish oʻrinlarining 29 foizi jamlangan.

