Izroildagi saylov boshi berk koʻchaga kirib qolgani mamlakatdagi chuqur boʻlinishning belgisidir
Saylovlar maʼlum maʼnoda demokratiya bayrami boʻldi - ammo u Isroishni yangi hukumat tuzish uchun aniq yoʻlsiz qoldirdi, deb yozadi Jeyms Landeyl.

Isroildagi saylov tupigi mamlakatdagi chuqur ichki boʻlinishlarni aks ettiradi
«Demokratiya — boshqaruvning eng yomon shakli, ammo shu paytgacha sinab koʻrilgan boshqa barcha shakllar undan ham yomonroq». Uinston Cherchill bu gapni 1947 yilda Jamoatlar palatasida aytgan edi.
Seshanba oqshomida Isroildagi saylov natijalari kela boshlaganida, egzit-poll soʻrovnomalari odamlarning umidlari va qoʻrquvlarini barbod qilish yoki amalga oshirish uchun berilgan ovozlar bilan aralashib ketganida ana shu satr yodga tushdi.
Baʼzi jihatlardan bu saylov demokratiyaning tantanasi boʻldi. Yahudiylar ham, arablar ham rekordiy darajada koʻp ovoz berdilar. Koʻpchilik ovoz berish uchun xorijdan uchib kelishga hatto minglab mablagʻ sarfladi.
Mamlakat boʻylab saylov uchastkalarida targʻibotchilar soʻnggi ikkilanayotgan saylovchining fikrini oʻzgartirish va oʻsha oxirgi ovozni qoʻlga kiritish uchun har bir daqiqadan foydalanib, yuqori faollik koʻrsatdilar.
Prezident Itsxak Gertsog saylovni Isroil jamiyati uchun «sharaf nishoni» deb atadi. «Isroilda demokratiyaga boʻlgan intilish qanchalik chuqur ekanini koʻrish hayratlanarlidir», dedi u.
Ammo ovoz berish natijalari Yaqin Sharqning eng mustahkam demokratiyasini yangi hukumat tuzishning aniq yoʻlisiz qoldirdi. Natija noaniq boʻldi, raqib bloklarning hech biri parlamentda koʻpchilikni qoʻlga kirita olmadi.
Baʼzilar bunda ajablanarli hech narsa yoʻq deb taʼkidlashi mumkin.
Isroil hech qachon yagona partiya tomonidan boshqarilmagan. Uning mutanosib vakillikka asoslangan tarqoq tizimi deyarli koalitsion boshqaruv uchun moslashtirilgan.
Shunga qaramay, koʻplab tahlilchilarning taʼkidlashicha, bu saylov mamlakatga xos boʻlgan chuqur va modomiki kengayib borayotgan boʻlinishlarni ochib berdi. Bu saylovchilar yagona umumiy maqsad atrofida jipslashgan referendum boʻlmadi.
Ushbu kelishmovchiliklarning baʼzilari uzoq tarixga ega. Bu hukumatning dastlabki yillarida ommaviy eʼtirozlarga sabab boʻlgan sud islohotlari boʻyicha bahslar mavjud edi.
Shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdagi halokatli hujumlarga qanday javob qaytarish — garovdagilarni qutqarish yoki HAMASni yoʻq qilish masalasida ham kelishmovchiliklar bor edi. Gʻazodagi keyingi janglarda Isroil zaxiradagi harbiylarining ichdan bergan yoʻqotishlari ultraortodoks yoshlarni harbiy xizmatdan ozod qilish boʻyicha keskinlikni yanada kuchaytirdi.
Ammo bu saylov Isroil jamiyatidagi chuqur darz ketgan joylarni yanada yaqqolroq koʻrsatib qoʻydimi?
Diniy va dunyoviy isroilliklar oʻrtasida keskinlik mavjud boʻlib, bu boʻlinishlar faqat eʼtiqod haqida emas, balki jamiyatning oʻzi haqidadir.
Isroil hukumati diniy taʼlimni moliyalashtirishi kerakmi? Baʼzi ota-onalar oʻgʻil-qizlarini Isroilni himoya qilishga yuborishi, boshqalari esa yubormasligi kerakmi? Ultraortodokslar hozirda aholining deyarli 15 foizini tashkil qiladi. Ularning dunyoqarashi Tel-Avivning yuqori texnologiyali, zamonaviy mavzelari aholisinikidan juda yiroq.
Asosiy siyosat borasida ham boʻlinishlar mavjud.
Binyamin Netanyaxu «kuchli oʻngchi milliy hukumat» tuzishga chaqirdi
Binyamin Netanyaxuning «Likud» partiyasi katta yoʻqotishlarga uchradi, ammo u hali ham Knessetdagi eng yirik partiya boʻlish yoʻlida bormoqda. Bularning barchasi korruptsiyada ayblanayotgan (u buni rad etadi) va 7 oktyabrgacha Isroilni himoya qilolmaganlikda ayblanayotgan (u buning tekshirilishiga yoʻl qoʻymaydi) bosh vazirga qaramay yuz bermoqda.
Saylovchilarning 10 foizga yaqini yahudiy ustunligini targʻib qiluvchi oʻta oʻngchilarni qoʻllab-quvvatladi: Moliya vaziri Betsalel Smotrich kabi siyosatchilar, hatto natijalar eʼlon qilinayotgan bir paytda ham, Gʻazoda yahudiy aholi punktlarini barpo etishni vaʼda qilayotgan edi.
Isroil fuqarolarining taxminan beshdan bir qismini tashkil qiluvchi arab partiyalari katta yutuqlarga erishdi, ovozlarning taxminan 15 foizini toʻplab, potentsial ravishda 15 tadan ortiq oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Keyin Gadi Ayzenkot boshchiligidagi markaz, soʻl va oʻng kuchlar aralashmasidan iborat muxolifat bloki bor edi, u oʻzi intilgan oʻzgarishlarni — koʻpchilik mamlakat kelajagi uchun hayotiy muhim deb bilgan oʻzgarishlarni amalga oshira olmadi.
Gadi Ayzenkot jamoatchilik «oʻzgarishlar afzalligini bildirib ovoz berganini» aytdi
Ushbu keskin farq qiluvchi qarashlarni qanday qilib qandaydir hukumatga birlashtirish mumkinligi endi Isroil siyosiy tizimi oldida turgan murakkab vazifadir. Talab etiladigan tanlovlar va yon berishlar mamlakat kelajagi uchun tub qarorlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Netanyaxu diniy ittifoqchilaridan voz kechib, muxolifat blokining oʻngchi arboblari bilan koalitsiya tuzishga tayyor boʻladimi? Ular bosh vazirga boʻlgan adovatini yengib, uning hukumatiga qoʻshilishga tayyor boʻladilarmi?
Muxolifat bloki Netanyaxuni lavozimidan chetlashtirish uchun oʻz saylovoldi dasturining katta qismidan voz kechishga va arab partiyalari bilan ishlashga tayyormi? Arab partiyalari bir necha oy ichida parchalanib ketishi mumkin boʻlgan hukumatga qoʻshilish tavakkalchiligini oʻz zimmasiga olishga tayyormi?
Soʻlchi Demokratlar yetakchisi Yair Golan muxolifat blokini arab partiyalari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. «Biz ortiq Netanyaxuning yahudiy va arab ovozlari oʻrtasidagi irqchilarcha boʻlinishiga rozi boʻlmasligimiz kerak», dedi u.
Ammo Isroil jamiyati bunga tayyormi?
Netanyaxuga xarixoh isroillik sharhlovchi Amit Segal arab isroillik saylovchilarning yuqori faolligi «har ikki tomondagi yahudiylarga koʻp yillik boʻlinishdan soʻng, baribir birga oʻtirishni oʻrganishga majbur boʻlishlari mumkinligini eslatib qoʻydi», dedi.
Xavf shundaki, bu saylov Isroilni yangi yoʻlga solish oʻrniga, fuqarolarni bir-biriga nima bogʻlab turishi haqidagi shubhalarni yanada chuqurlashtirdi. Bu murakkab va turfa xil odamlar toifasini yagona davlat sifatida nima umumiy omillar ushlab turibdi?
Soni ortib borayotgan avtokratik hukumatlar uzoq vaqtdan beri demokratiyani ojiz, qisqa muddatli hukumatlarni — koʻpincha saylovchilar xohlagan narsani yetkazib berishni qoʻya turaylik, yaxlitligini saqlab qalishga qiynaladigan beqaror koalitsiyalarni keltirib chiqargani uchun tanqid qilib keladi.
Isroil endi hukumat tuzishga harakat qilib bir necha oy vaqt sarflashi mumkin. U hatto muvaffaqiyatsizlikka uchrab, yana bir saylovga majbur boʻlishi ham mumkin.
Prezident Gertsog koalitsiya muzokaralarini boshlashga tayyorgarlik koʻrayotganda ushbu xavfga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻxtaldi: «Biz, ayniqsa kechagi kundan keyin, saylovlarning yana bir raundidan qochish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak».
Yillar davomida Isroil eʼtiborini tashqi dushmanlardan himoyalanishga qaratdi. Ammo, agar bu saylovda yuzaga chiqqan boʻlinishlarni boshqarib boʻlmay qolsa, endi u ichki xavf-xatarlardan ham himoyalanishga tayyor boʻlishi kerakmi?
Boshqa bir nutqida Cherchill demokratiya nafaqat «tashqi xavf-xatarlardan sugʻurta» ekanini aytgan edi. U, shuningdek, bu «shu yerda, oʻz uyimizda bizga tahdid soladigan, kam boʻlmagan jiddiy va ancha yaqin hamda doimiy xavf-xatarlardan sugʻurtadir», deb qoʻshimcha qilgan edi.
Isroil demokratiyasi ushbu sinovdan oʻta oladimi?

