Italiyadan ikkita bronza. Oʻzbekiston terma jamoasi sport akrobatikasi boʻyicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi

Italiyadan ikkita bronza. Oʻzbekiston terma jamoasi sport akrobatikasi boʻyicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi
Oʻzbekiston terma jamoasi Italiyaning Pezaro shahrida yakuniga yetgan kattalar oʻrtasidagi sport akrobatikasi boʻyicha jahon chempionatida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Har ikkala sovrinni jamoaga erkaklar toʻrtligi vakillari taqdim etdi. Shohsupaga Azizbek Saparboyev, Hikmatillo Ibrohimov, Anvarjon Gʻofurov va Ikromjon Nosirov koʻtarildi.
Oʻzbekistonlik sportchilarning chiqishi terma jamoaga jahon birinchiligining bir yoʻla ikkita bronza medalini keltirdi. Bu jamoa uchun xalqaro maydondagi muhim natija boʻldi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sport mutasaddilarini rasmiyatchilik va past natijalar, jumladan, akrobatikadagi kamchiliklar uchun tanqid qilgan edi.

