Oʻzbekiston sportchilari Osiyo oʻyinlarining toʻrtinchi kunida toʻrtta bronzani qoʻlga kiritdi
Aichi–Nagoya–2026 Osiyo oʻyinlarida 23-sentabr Oʻzbekiston uchun toʻrtta bronza bilan yakunlandi. Delegatsiya jami 10 ta medal bilan norasmiy umumjamoa hisobida 14-oʻrinda bormoqda.

Oʻzbekiston sportchilari Osiyo oʻyinlarining toʻrtinchi kunida toʻrtta bronza medalini qoʻlga kiritdi
Yaponiyada davom etayotgan Aichi–Nagoya–2026 Osiyo oʻyinlarida 23-sentabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
**Qilichbozlik**
Rapira boʻyicha ayollar bellashuvlarida Polina Volobuyeva yarimfinalgacha yetib borib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.
**Ushu**
Sanda dasturining -56 kg vazn toifasida Saydullo Abdurashidov yarimfinalda Xitoy vakiliga yutqazib, bronza medalini oldi.
-75 kg vazn toifasida qatnashgan Doniyor Turgʻunboyev ham yarimfinalgacha yetib bordi. U final yoʻllanmasi uchun kechgan jangda Eron vakiliga magʻlub boʻlib, bronza medaliga ega chiqdi.
**Kibersportda tarixiy natija**
Oʻzbekiston delegatsiyasi Osiyo oʻyinlari tarixida ilk bor kibersportda medal qoʻlga kiritdi. Futbol dasturida qatnashgan Abubakr Iminjanov va Farruh Mirhamidov yarimfinalgacha yetib borib, bronza medali bilan taqdirlandi.
**Jamoaviy oʻyinlardagi magʻlubiyatlar**
3×3 basketbol – Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga 11:19 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Suv polosi – ayollar terma jamoasi Tailandga qarshi bahsda 10:16 hisobida magʻlub boʻldi.
Gandbol – Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda 13:43 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Chim ustida xokkey – Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahsda 1:7 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

