Siyosat

Isroilliklarning yarmidan ko‘pi isroillik ekanini aytishdan qo‘rqadi — so‘rovnoma

Isroilliklarning yarmidan ko‘pi o‘z millatini oshkor qilishdan cho‘chimoqda – so‘rovnoma natijalari

Center for Jewish Impact tashkiloti tomonidan avgust oyida o‘tkazilgan yangi so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, 7-oktyabr voqealaridan so‘ng isroilliklarning yarmidan ko‘pi xorijda o‘z millatini oshkor qilishdan qo‘rqmoqda. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

So‘rovnoma isroilliklarga ta’sir ko‘rsatayotgan turli mavzularni, jumladan, jamiyatdagi hamjihatlik, diniy kelishmovchiliklar va diplomatiya masalalarini qamrab oldi. Tadqiqotning asosiy natijalariga ko‘ra, respondentlarning 52 foizi xorijda bo‘lganida o‘z millatini oshkor qilishdan xavotirda ekanini bildirgan.

Respondentlarning 41 foizi 7-oktyabrdan keyin o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirganini, jumladan, safar yo‘nalishlarini o‘zgartirganini, rejalashtirilgan safarlarni bekor qilganini yoki muayyan mashg‘ulotlardan qochganini aytgan. Bunga dunyoda antisemitik kayfiyat (yahudiylarga qarshi munosabat) va Isroilga nisbatan dushmanlikning oshgani, shuningdek, Isroilning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari yomonlashgani sabab bo‘lmoqda.

So‘rovnomada Isroilning xalqaro diplomatiyasi va targ‘ibot ishlari keskin tanqid qilindi. Respondentlarning 64 foizi Isroil va AQSH o‘rtasidagi strategik munosabatlarni kuchli deb baholagan bo‘lsa-da, aholining atigi 23 foizi Isroil o‘z siyosati va pozitsiyasini xalqaro hamjamiyatga samarali yetkazib bera olmoqda, deb hisoblaydi. Umuman olganda, respondentlarning 70 foizi Isroilning diplomatiyasini samarasiz deb topdi.

Isroilning global mavqeyini tiklash mumkin

Shunga qaramay, so‘rovnoma jamoatchilik Isroilning yomonlashgan xalqaro mavqeini tiklab bo‘lmaydigan holat deb hisoblamasligini ko‘rsatdi. Respondentlarning 33 foizi mamlakatning global mavqeyini yaxshilash uchun eng muhim qadam sifatida diplomatiya va kommunikatsiya bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiya ishlab chiqishni ko‘rsatdi.

Shuningdek, 25 foiz odamlar hukumat siyosati va qaror qabul qilish jarayonlarini o‘zgartirish zarur deb biladi. Aholining atigi 14 foizi Isroilning xalqaro obro‘sini sezilarli darajada yaxshilab bo‘lmaydi degan fikrda.

So‘rovnomada Isroil va dunyo yahudiylari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish ham keng qo‘llab-quvvatlandi. Aholining 70 foizi Isroil davlati diaspora jamoalariga resurslar yo‘naltirishi kerak deb hisoblaydi. Ularning 26 foizi sarmoyalarni Isroilga ko‘chib o‘tishni rag‘batlantirishga yo‘naltirishni ma’qullagan.

Aholining 23 foizi yahudiy jamoalarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlashni, 17 foiz respondentlar esa fuqarolik jamiyati tashkilotlari orqali yordam ko‘rsatishni afzal ko‘rishini bildirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.