Dunyo

Isroil hujumlaridan Gʻazoda jami qancha odam halok boʻlgani maʼlum qilindi

Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda jami qancha odam halok boʻlgani maʼlum qilindi

“Isroil 2023-yil oktyabrda boshlagan urushdan beri Gʻazo sektorida 73 914 nafar falastinlik halok boʻldi, 174 952 kishi esa yaralandi”, deya telekanal Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Soʻnggi bir sutka ichida Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari natijasida kamida toʻrt falastinlik halok boʻldi, 17 nafari yaralandi. Bundan tashqari, vazirlik maʼlumotiga koʻra, 2025-yil 11-oktyabrda kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish rejimidan keyin ham qariyb 1,4 ming falastinlik hayotdan koʻz yumgan, 5 mingga yaqini jarohat olgan.

Gʻazodagi urush 2023-yil oktyabrida boshlangan edi. 2025-yil oktyabrda AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil hukumati va HAMAS harakati Vashington taklif qilgan Gʻazo sektoridagi mojaroni hal etish rejasining birinchi bosqichiga rozi boʻlganini bildirdi. Shunga qaramay, Isroil hanuz sektorga zarbalar bermoqda.

Bundan tashqari, G‘azo shahrida 16-sentyabrga o‘tar kechasi urushda shikastlangan 6 qavatli turar joy binosi qulab tushdi. Oqibatda kamida 20 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida ayollar va besh nafar bola bor. Yana 14 kishi jarohatlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.