Ispaniyada poyezdlar töqnaşuvida kamida 68 kişi halok böldi
Ispaniyaning Toledo provinsiyasidagi temiryöl halokatida kamida 68 kişi halok böldi, 100 dan ortiq kişi jarohatlandi. Germaniya kansleri Fridrix Mers va Yevropa Ittifoqi rahbarlari qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Berlin Madridga yordam taklif qildi.

Ispaniyada poyezdlar to‘qnashuvida kamida 68 kishi halok bo‘ldi
DW xabariga ko‘ra, fojiа 28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:53 da, Toledo provinsiyasidagi Urda aholi punkti yaqinida yuz bergan. Madrid — Sevilya yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasida harakatlanayotgan AVE 2080 yo‘lovchi poyezdi yo‘lda to‘xtab turgan Iryo 6076 poyezdining oxirgi vagoniga borib urilgan.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, kamida 68 kishi halok bo‘lgan. Kastiliya — La-Mancha mintaqasi hukumati vakili AFP agentligiga 100 dan ortiq kishi jabrlangani, ularning 58 nafari shifoxonaga yotqizilganini bildirgan. 15 kishining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Germaniya yordam taklif qildi
Germaniya kansleri Fridrix Mers X ijtimoiy tarmog‘ida Toledo yaqinidagi fojiа haqidagi xabar uni larzaga solganini yozdi.
«Biz ispaniyalik do‘stlarimiz va yaqinini yo‘qotgan barcha insonlarning qayg‘usiga sherikmiz. Yaradorlarga tezroq sog‘ayishni tilaymiz», - dedi u.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful esa Berlin Ispaniyaga zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, ispaniyalik hamkasbi bilan muloqotda Germaniya aholisining hamdardligini yetkazgan.
Germaniya transport vaziri Shteffen Bilger ham qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, qutqaruvchilar va jabrlanganlarga ko‘maklashayotgan barchaga minnatdorlik izhor qildi.
Yevropa rahbarlari hamdardlik bildirdi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Layyen qurbonlarning oilalariga murojaat qilib, «Bugun Yevropa siz bilan birga qayg‘urmoqda», deb yozdi.
Yevropa kengashi raisi Antoniu Ko‘sta Ispaniya xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, qutqaruvchilarga minnatdorlik izhor qildi. Yevroparlament raisi Roberta Metsola esa halok bo‘lganlarning yaqinlari dardiga sherik ekanini ta’kidlab, jarohatlanganlarga tez va to‘liq sog‘ayishni tiladi.
Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber ham ushbu og‘ir paytda Ispaniya xalqi bilan birga ekanini bildirdi.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches fojiа uni qattiq larzaga solganini yozib, barcha jabrlanganlar va ularning oilalariga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlovini izhor qildi.

