Islom Maxachev UFC 330 turnirida qancha gonorar ishlab oldi?

**Islom Maxachev UFC 330 turnirida qancha pul ishladi?**
Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan UFC 330 musobaqasida qatnashgan jangchilarning taxminiy gonorarlari oshkor etildi. Kechaning asosiy jangida Islom Maxachev Yan Machado Garrinini hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ushbu g‘alaba evaziga rossiyalik jangchining turnirdagi umumiy daromadi taxminan 4,14 million dollarni tashkil etdi. Uning raqibi Yan Machado Garri esa 2,061 million dollar gonorar bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni 1,64 million dollar gonorar bilan Makkenzi Dern yakunladi.
UFC 330 turnirida eng ko‘p gonorar olgan jangchilar:
* Islom Maxachev — 4,14 mln dollar
* Yan Machado Garri — 2,061 mln dollar
* Makkenzi Dern — 1,64 mln dollar
* Jillian Robertson — 875 ming dollar
* Nil Magni — 621 ming dollar
* Visente Lukke — 521 ming dollar
* Jalin Tyorner — 465 ming dollar
* Edson Barbosa — 421 ming dollar
* Charlz Jonson — 415 ming dollar
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev ushbu g‘alaba bilan UFC’dagi ketma-ket g‘alabalar seriyasini 17 taga yetkazdi. U afsonaviy Anderson Silvani (16 ta g‘alaba) ortda qoldirib, promoushen tarixida ketma-ket g‘alaba qozonish bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.

