Sport

Islom Maxachev bo‘lajak raqibining gaplariga javob qaytardi

Islom Maxachev bo‘lajak raqibi Ian Machado Garrining so‘zlariga javob qaytardi.

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev irlandiyalik jangchi Ian Machado Garrining o‘zining so‘nggi raqiblari haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Garri avvalroq o‘zining so‘nggi besh raqibi Maxachevning besh raqibiga qaraganda kuchliroq bo‘lganini ta’kidlagan edi.

"Bu yigit jamoadoshi Charlz Oliveyraga ham hurmat ko‘rsatmaydi. Yaxshi raqibga qarshi jang qilganida esa imkoniyatni boy bergan edi. Shavkat Rahmonov uni besh raundning to‘rttasida to‘liq nazorat bilan yutgan", dedi UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni.

Irlandiyalik jangchi 2024-yilda Shavkat Rahmonovga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan. Bu uning faoliyatidagi yagona mag‘lubiyati hisoblanadi. Shundan so‘ng Garri Karlos Prates va Bilol Muhammad ustidan g‘alaba qozondi.

Endilikda Ian Machado Garri 16-avgust kuni UFC 330 turnirida Islom Maxachevga qarshi chempionlik kamari uchun jangga chiqadi.

Ayni paytda Islom Maxachev UFC’da ketma-ket 16 ta g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatidagi rekordi 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatni tashkil etadi. Rossiyalik jangchi so‘nggi bor Nyu Yorkda o‘tkazilgan UFC 322 turnirida sobiq chempion avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan va UFC tarixida ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan jangchilar qatoridan joy olgan edi.

Ian Machado Garri esa so‘nggi jangini 2025-yilning 22-noyabr kuni Qatarda tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida falastinlik Bilol Muhammadga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan. 28 yoshli irlandiyalikning professional rekordi 17 g‘alaba (shundan 8 tasi muddatidan avval) va 1 mag‘lubiyatdan iborat.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.