Dunyo

Irkutskda qizini kaltaklab, derazadan uloqtirgan Oʻzbekiston fuqarosi sudlandi

Irkutskda sud qizini kaltaklab, derazadan uloqtirgan Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi. Erkak yetti yil-u olti oy muddatga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi. U 17 yoshli qizini kaltaklab, soʻngra toʻrtinchi qavatdagi derazadan uloqtirgan. Qiz koʻplab siniq jarohatlarini olgan.

Tergov aniqlashicha, 2024 yil noyabr oyida erkak mashinada koʻchadan oʻtayotib, 17 yoshli qizini bosh kiyimsiz koʻrib qolgan. Oʻsha vaqtda u maktabda darsda boʻlishi kerak edi. Ota mashinani toʻxtatib, uni urgan va kuch ishlatib mashinaga oʻtkazgan.

Yoʻl davomida, keyin esa uyda ham erkak qizini kaltaklashda davom etgan, jumladan, metall shlang bilan urgan. Mojaro davomida u voyaga yetmagan qizni toʻrtinchi qavatdagi xonadonning ochiq derazasidan uloqtirgan.

Qiz turli darajadagi koʻplab tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonaning oʻzidayoq u huquq-tartibot idoralari xodimlariga voqea tafsilotlarini soʻzlab bergan va otasiga qarshi koʻrsatma bergan.

Jinoyat ishi qotillikka suiqasd qilish va qiynash moddalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan. Sudlanuvchi aybini tan olmagan, biroq sud davlat ayblovchisining pozitsiyasiga qoʻshilib, unga nisbatan qattiq tartibli koloniyada yetti yil-u olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida otasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida 15 yoshli qiz vafot etgan edi. Bunga oʻsmir qizning ruxsatsiz olgan 400 ming soʻm puli sabab boʻlgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.