Dunyo

Iqlim oʻzgaryapti – bizni nima kutmoqda?

Iqlim oʻzgarishi haqiqatmi? Shunday boʻlsa, unga qanday tayyorgarlik koʻrishimiz kerak? Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikda chora koʻrishi qanchalik muhim? Toshkentda «Barqaror rivojlanish maqsadlarida Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishining tabiiy resurslarga taʼsirini yumshatish yoʻllari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Iqlim oʻzgaryapti – bizni nima kutmoqda?

- Iqlim oʻzgarishi haqiqatmi?

Ha. Iqlim oʻzgarishining eng dastlabki belgisi — muzliklar. Ularning tez surʼatda erib borayotgani iqlim oʻzgarishining yaqqol isbotidir.

Ha, iqlim oʻzgaryapti. Ammo bu mavzu atrofida asossiz talqinlar ham anchagina. Haroratning oshishi — fakt. Tungi oʻrtacha harorat kunduzgiga qaraganda koʻproq koʻtarilgan. Kunduzgi harorat 1,5 darajaga oshgan boʻlsa, tungi harorat 2,5 darajaga koʻtarilgan.

Hozir biz iqlim isishi jarayoni davom etayotgan davrda yashayapmiz. Bu jarayon insoniyat tomonidan hali toʻliq oʻrganib boʻlinmagan.

Bu haqiqat. Birinchidan, yer yuzasi harorati oʻzgarib boryapti. Ikkinchidan, yogʻin miqdori ham oʻzgaryapti.

- Qozogʻistonda ham muzliklar eriyaptimi?

Ha, albatta. Biz ham butun mintaqada kuzatilayotgan muammolarga duch kelmoqdamiz.

Bu holat hamma joyda kuzatilmoqda. Himolayda ham, Pomirda ham, Yevropada ham muzliklarning quyi chegarasi yuqorilab boryapti.

Bunda eng yaxshi, oʻrtacha va eng yomon ssenariylar ishlab chiqiladi. Biz ana shu ssenariylarga moslashishimiz kerak.

Biz Yer sharida kechayotgan jarayonlarni oʻrganmoqdamiz. Ammo Yerdan tashqaridagi jarayonlarni toʻliq oʻrganish uchun insoniyat hali yetarli texnik imkoniyatlarga ega emas. Shuning uchun biz buni insonning Yerdagi faoliyati, neft va gaz kabi tabiiy resurslardan foydalanishi bilan bogʻlaymiz. Yer yuzasi ustida maʼlum bir qobiq hosil boʻladi va bu Quyosh nurlanishining qaytishiga taʼsir qiladi. Iqlimning isishi yoki sovishi, asosan, yer yuzasiga yetib keladigan Quyosh nurlanishiga bogʻliq.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.