InfinBANK 300 mln dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha kelishuv imzoladi
Samarqanddagi «C5+1» uchrashuvi doirasida InfinBANK va AQShning Oppenheimer & Co. Inc. investitsiya banki oʻrtasida 300 mln dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha kelishuv imzolandi.

InfinBANK 300 mln dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi
Bank ma’lumotiga ko‘ra, InfinBANKning asosiy aksiyadori Farhod Mamatdjanov hamda Oppenheimer & Co. bosh ijrochi direktori Maks Lami o‘rtasida bitimlarni almashish marosimi o‘tkazilgan.
Marosimda AQSH Savdo vazirining global bozorlar bo‘yicha yordamchisi, AQSH va xorijiy mamlakatlar tijorat xizmati bosh direktori Devid Fogel hamda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov qatnashgan.
Bankning bildirishicha, jalb qilinishi rejalashtirilayotgan mablag‘lar O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektoridagi loyihalarni uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

